3-mavzu: Krestovinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Krestovina uzunligini hisoblash
Download 14,72 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliyot (2)
3-mavzu: Krestovinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Krestovina uzunligini hisoblash. Barcha mahalliy va xorijiy temir yo‘llarda qo‘zg‘almas o‘zakli strelkali o‘tkazgichlarning o‘tkir krestovinalari (1-rasm) eng ko‘p uchraydi. 1-rasm. Qo‘zg‘almas o‘zakli strelkali o‘tkazgichning o‘tkir krestovina sxemasi Ular barcha strelkali o‘tkazgichlar, yopiq kesishuvlar (qiyshiq burchakli), yo‘llarning kesishuvchi tushishlari va birikmalarida qo‘llanadilar. Yig‘ma relsli (2a-rasm) va quyma o‘zakli (2b-rasm) o‘tkir krestovinalar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ da hozirgi paytda yetkazib berilmaydi va ozroq miqdorda boshqa yo‘llar va sanoat korxonalari yo‘llarida saqlanib qolgan, chunki bu konstruksiyalarning foydalanishdagi ishonchliligi ancha past. O‘tkir yaxlit quyma krestovinalar (2v-rasm) 60-yillar boshidan R65 tipidagi 1/18 rusumli tezyurar strelkali o‘tkazgichlar, hamda uchun R65 tipidagi 1/11 rusumli strelkali o‘tkazgichlar va yana shu tipdagi 1/18 rusumli o‘tkazgichlar uchun uchun ishlab chiqarilgan. Biroq so‘nggi yillarda R65 tipidagi 1/18 rusumli qo‘zg‘almas o‘zakli yaxlit quyma krestovinali o‘tkazgichlar ishlab chiqarilmayapti. Ular o‘rniga qo‘zg‘aluvchan o‘zakli krestovinalar ishlab chiqarilmoqda. 2-rasm. Qo‘zg‘almas o‘zakli o‘tkir krestovinalarning asosiy turlari 1 – usovik; 2 – o‘zakning haqiqiy uchi; 3 – o‘zak; 4 – otlivkaning “mo‘ylov” qismi; 5 – otlivka o‘zagi; t g – krestovinaning bo‘g‘izi; l 1 i l 2 – krestovinaning old va orqa chiqish joylari; O k – krestovinaning matematik markazi Yaxlit quyma krestovinalarning yig‘ma krestovinalardan ustuvor jihati ularning kam sonli detallardan iboratligi, birikmalarida lyuftlar yo‘qligi, saqlashdagi qulayligi va soddaligi, ishdagi barqarorligida. Ammo ular ham kamchiliklardan xoli bo‘lmay, bu nuqsonlar ularning ishlab chiqarilishi to‘xtatib qo‘yilishiga sabab bo‘ldi: ular yig‘ma krestovinalarga nisbatan ancha kamyob bo‘lgan yuqori marganecli po‘latning ko‘p miqdordagi sarfini talab qiladilar; yaxlit quyma krestovinalar otlivkalarini tayyorlash ishlari ancha murakkab; R65 tipli 1/11 rusumli yaxlit quyma krestovinalar qiymati shu kabi namunaviy krestovinalar qiymatidan bir necha marta yuqori, har ikkala turdagi krestovinalar xizmat muddatlari (o‘tkazilgan tonnajiga ko‘ra) esa o‘zaro jiddiy farq qilmaydi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ da asosiy jihoz sifatida o‘tkir krestovinalarning umumiy tarzda quyilgan qo‘zg‘almas o‘zakli, o‘zakning eng ediriladigan qismi usovigiga ega bo‘lgan yig‘ma konstruksiyasi qabul qilingan (2g-rasm). Ushbu krestovinalarda o‘zak 3 va usoviklarning edirilishga eng moyil qismi 1 (3-rasm) austenit toifali yuqori marganecli po‘latdan quyib ishlangan yagona konstruksiyani tashkil qilib, u quyidagi tarkibga ega: uglerod 1-1,30 %, marganec 11,5-16,5 %, kremniy – 0,3-0,9 %, fosfor – ko‘pi bilan 0,09 %, oltingugurt – ko‘pi bilan 0,020 %. 3-rasm. Umumiy quyilgan o‘zakli usoviklar qismi yediriladigan tipdagi yig‘ma krestovina 1 – usovikning quyma qismi; 2 – usovikning rels qismi; 3 – o‘zak; 4 – usovikning quyma qismining relslarga o‘rnatilishi. O‘zaklar yuqori marganecli po‘latning mexanik xossalari toblanganidan so‘ng quyidagicha bo‘lishi kerak: oquvchanlik chegarasi – kamida 360 N/mm 2 ; uzilishga vaqtinchalik qarshiligi – 901 N/mm 2 ; nisbiy uzayishi – kamida 30 %, nisbiy torayish – kamida 27,1 %, zarbiy qovushqoqligi – 25,1 Nm/sm 2 . Usoviklarning quyma qismlari pastidan ishlov berilgan qiya yuzalariga ega bo‘lib, ular yordamida usovik relsi tagligiga (podoshvasiga) tayanib turadilar. Krestovinaning quyma qismi ishlov berilganidan so‘ng rels usoviklari bilan gorizontal boltlar yordamida mahkamlanadi. Bunda u o‘zining yuqori qismi bilan usovik kallaklari kesigida joylashadi (3-rasm). Download 14,72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling