STRELKALI O’TKAZGICHLAR VA STRELKALI ELEKTR YURITMALARINI TUZILISHI VA ISHINI TAHLIL QILISH
Reja:
Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari.
Strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilish.
Poyezdlarni qabul qilish va jo ’natish marshrutini tayyorlash.
Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari.
TFQ ga (186-195-bandlar) muvofiq asosiy va qabul qilish-jo’natish, shuningdek, qo’riqlash strelkalari normal holatda turishi lozim.
Strelkalar uchun quyidagi holatlar normal hisoblanadi: bir yo’lli yo’nalishdagi stansiyalaming asosiy yo’lidagi kirish strelkalari uchun - stansiyaning qarama-qarshi tomonidan turli yo’llarga yo’nalganlik; ikki yo’llik yo’nalishdagi stansiyalaming asosiy yo’llardagi kirish strelkalarda - asosiy yo’llar muvofiq yo’nalganlik; muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelakalardan mustasno, peregon va stansiyalaming asosiy yo’llaridagi barcha strelkalar uchun - asosiy yo’llarga mos yo’nalganlik; muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelkalar uchun - shu berk yo’llarga yo’nalganlik.
Ikkita strelkali o’tkazgichga strelkali postning bir navbatchisi xizmat ko’rsatadigan faoliyati kam, shuningdek, xodimlar ro’yxatida tashishlami tashkil qilish boshqarmasi xodimi o’mi ko’zda tutilmagan stansiyalarda, bir yo’llik yo’nalishdagi kirish strelkalaming normal holati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Strelkalaming holati bilan svetoforlaming marshrutlardagi signal ko’rsatmalari orasidagi bog’liqlik jadvallarida strelkalaming normal holati "plyus" (+) belgisi bilan ko’rsatiladi. Strelkalari markazlashtirilmagan stansiyalar uchun normal holat, bundan tashqari, stansiyaning texnikboshqamv akti va undan olingan ko’chirmalarda ko’rsatiladi. Zarur hollarda signal va marshmtlar bilan bog’lanmagan, stansiyaning tiklash va yong’in o’chirish poyezdlar, xavfli yuki mavjud vagonlar va shunga o’xshashlar uchun ajratilgan yo’llarga eltuvchi markazlashtirilmagan strelkalaming normal holati stansiya boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Belgilangan normal holat, strelkalar staninalari va elektr markazlashtirish strelkalari uzatmalarining qoplamalarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |