Keng qishloq uyi – o‘z oilasiga ega bo‘lish, farzand o‘stirishga, o‘z hayotiy maydonini kengaytirishga intilish. Uy atrofida devor, to‘siqlar qanchalik past bo‘lsa, bu odamning boshqalar bilan muloqotga ehtiyoji, ularga ishonchi shunchalar yuqori.
Turli qurilishlar – uy sohibiga qaratilgan agressiya yoki subyekt fikricha soxta va madaniy standartlarga nisbatan isyonni bildiradi.
Deraza yoki darcha eshiklari yopiq – subyekt shaxslararo munosabatlarga moslashashga qodir.
Yo‘lakcha (mutanosib, erkin chizilgan) – shaxs boshqalar bilan munosabatga kirishganda xushmuomalalik va o‘z xulq-atvori ustidan nazoratni namoyon etadi.
Juda uzun yo‘lakcha – yanada adekvat ijtimoiylashish ehtiyoji bilan kechadigan kamsuqumlik.
Boshlanishdan keng, uyga yaqinlashganda torayadigan yo‘lakcha – yuzaki do‘stonalik orqali yolg‘izlik istagini yashirishga intilish.
Teshik-tuynuksiz devorga olib boruvchi zina – voqelikni to‘g‘ri baholashga ziyon yetkazadigan nizoli vaziyatni ifodalaydi. Subyektning dimog‘dorligi (holbuki, uning o‘zi chin ko‘ngildan suhbatlashishni istashi mumkin).
Devorlar
Orqa devor, boshqa tomondan tasvirlangan, g‘ayrioddiy joylashgan – o‘z-o‘zini nazorat qilishga ongli urinish, o‘zaro kelishuvga moslashish, shu bilan birga kuchli dushmanlik g‘arazi ham mavjud.
Orqa devor konturining nisbatan qalinligi (yorqinroq, boshqa qismlarga taqqoslaganda) - Subyekt voqelik bilan aloqalarni saqlab qolishga intilmoqda.
Devor, uning asosini yo‘qligi – voqelik bilan sust aloqa (agar rasm pastda joylashgan bo‘lsa).
Asosining konturiga urg‘u berilgan devor - Sube’kt nizoli tendensiyalarni siqib chiqarishga harakat qilmoqda, qiyinchilik, xavotirni his qilmoqda.
Gorizontal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – vaqtlar oralig‘ida mo‘ljal olishda qiynalish (o‘tmish yoki kelajakning ustun bo‘lishi). Subyekt atrof-muhit ta’siriga sezgir bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |