3-mavzu: kuzatish, O`z-o`ZINI kuzatish, verbal kommunikativ metodlar shaxsni o‘rganishning biografik metodi. Shaxsni yo`nalganligini o`rganish


Download 53.86 Kb.
bet1/9
Sana03.02.2023
Hajmi53.86 Kb.
#1155586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
E,P 3-mavzu


3-MAVZU:KUZATISH, O`Z-O`ZINI KUZATISH, VERBAL KOMMUNIKATIV METODLAR SHAXSNI O‘RGANISHNING BIOGRAFIK METODI. SHAXSNI YO`NALGANLIGINI O`RGANISH
(2soat)
Reja:
1. Kuzatish metodi
2.O’z-o’zini kuzatish metodi
3.Verbal-kommunikativ metodlar


Tayanch tushunchalar: psixologiya, tadqiqot, metod, kuzatish metodi, o’z-o’zinikuzatish metodi, verbal-kommunikativ metod.
Kuzatish metodi
Psixologiyaning an`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o`zini o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
-kuzatiladigan obyekt tanlanadi;
-sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
-tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi;
-kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;
-kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
-kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o`tkazilishi) ta-
yinlanadi;
- kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
O’z-o’zini kuzatish metodi
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. K. Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. K.ning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.k. ga bogʻliq. K.da idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. K.da tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. K.ning obʼyektiv (tashqi K.) va subʼyektiv (ichki, oʻzinioʻzi K.) turlari mavjud. K. orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi K. (introspeksiya)dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari K. Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi K. metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.
K. voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga fikran ajratish; K.ning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish; toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
K.ning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. K.da R. Beylzaning interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi.

Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling