3-mavzu: kuzatish, O`z-o`ZINI kuzatish, verbal kommunikativ metodlar shaxsni o‘rganishning biografik metodi. Shaxsni yo`nalganligini o`rganish


Download 53.86 Kb.
bet4/9
Sana03.02.2023
Hajmi53.86 Kb.
#1155586
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
E,P 3-mavzu

(1 rasm).


«UY – DARAXT – ODAM» RASMI METODIKASI
Bu proyektiv metodika 1948 yilda J. Buk tomonidan ishlab chiqilgan. Metodika barcha yoshdagi sinaluvchilarga mo‘ljallangan, uni guruhda ham o‘tkazish mumkin.
Metodikaning mohiyati shundan iboratki, sinaluvchiga uy, daraxt, odam rasmini (butun bo‘yiga) chizish yo‘riqnomasi beriladi. So‘ng ishlab chiqilgan reja asosida savol-javob qilinadi.
R.Berne metodikadan foydalanish davrida uy, daraxt, odam tasvirini bitta suratda, yaxlit sahnani ifodalashni so‘raydi. Uy, daraxt, odam o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ko‘rish metaforasini paydo qiladi deb, hisoblanadi. Agar butun rasm harakatga keltirilsa, hayotimizda ro‘y berayotgan hodisalarni ko‘rish mumkin.
Tahlilning asosiy usullaridan biri, rasmni qay ketma-ketlikda chizilishiga ahamiyat berish. Agar daraxt birinchi bo‘lib chizilgan bo‘lsa, unda inson uchun asosiy narsa hayotiy energiya hisoblanadi. Agar dastlab uy surati chizilsa, unda xavfsizlik, muvaffaqiyat birinchi o‘rinda bo‘ladi, yoki buning aksi bo‘lganda, bu tushunchalarga bepisandlik munosabatni ilg‘ash mumkin

«UY – DARAXT – ODAM»


rasmi metodikasining sharhi
Uy
Uy eski, vayron bo‘lgan – ba’zida subyekt bu bilan o‘z-o‘ziga munosabatini namoyon qiladi.
Uy uzoqda chizilgan bo‘lsa – inkor etilganlik, xo‘rlanganlik.
Uy yaqinda bo‘lsaochiqlik, kamsuqumlik, iliqlik va mehmondo‘stlik.
Agar uy o‘rniga uning proyeksiyasi (yuqoridan ko‘rinishi) chizilgan bo‘lsa – jiddiy nizolar, muammolar belgisi.
Shahar uyi, ko‘p qavatli bino – quruq, odamovi, o‘z muammolari bilan tanho odam.
Juda past tomli kichik uy – juda charchagan, ezilgan, o‘tmishni eslashni yaxshi ko‘radiga, odatda bu o‘tmishdan ham hech narsa topmaydigan odam.
Qasr – yetgiltaklik, jiddiy emaslik, bunday odamda juda oshirib yuborilgan xayol mavjud, lekin odatda u o‘zining real vazifalarini amalga oshirishga ulgura olmaydi.

Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling