3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari reja
Download 30.47 Kb.
|
Ma\'ruza-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fedora Core
Linux distributivlari
Debian GNU/Linux1993-yilda Yan Mardok (Ian Murdock) tomonidan boshlangan Debian GNU/Linux loyihasi toʻliq notijorat distributiv boʻlib, ehtimol erkin dasturiy taʼminot harakatining idealiga toʻliq mos keladi. Butun dunyodan yuzlab koʻngilli dasturchilar bu loyihaga oʻz hissalarini qoʻshadilar va sifatli distributivni yaratadilar. Distributivning asosiy kataloglar daraxtida har doim uchta yoʻnalish mavjud - "stable" (mustahkam, barqaror), "testing" (sinovdagi) va "unstable" (barqaror boʻlmagan, yoki "sid" deb ham nomlanadi). Paketning yangi versiyasi paydo boʻlishi bilan u dastlab sinab koʻrish uchun barqaror boʻlmagan tarmoqqa qoʻshiladi. Bu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtadigan boʻlsa, paket yanada sinchikov sinovlarni olib borish uchun sinov taqmogʻiga qoʻshiladi. Bu bosqich bir necha oy va hattoki yillar ham davom etishi mumkin, shundan soʻnggina u barqaror (stable) deb qabul qilinadi. Yaqin-yaqingacha Debian GNU/Linux eng qiyin oʻrnatiladigan distributivlardan biri sifatida qaralar edi. Ammo, Debian Sarge versiyasidan boshlab qoʻllanilayotgan besh yil davomida ishlab chiqilgan yangicha oʻrnatish tizimi bu muammoni butunlay hal qildi. Bundan tashqari Debian tez-tez qayta oʻrnatishni talab qilmaydi. Tizim oʻrnatishi bilan, keyingi barcha yangilanishlarni apt-get utilitasi yordamida amalga oshirish mumkin. Gʻarbdagi koʻpgina foydalanuvchilar uchun Red Hat nomi Linuxning ramzi hisoblanadi, chunki bu kompaniya dunyodagi eng mashxur va dastlabki Linux-kompaniyalardan biri boʻlib hisoblanadi. 1995-yilda Bob Young va Marc Ewing tomonidan tashkil qilingan Red Hat Inc. kompaniyasiga Red Hat Enterprise Linux (RHEL) va Red Hat Advanced Server (RHAS) mahsulotlaridan va koʻrsatiladgan xizmatlar foyda keltiradi. Red Hat Linux 9 Red Hat Linux mahsulotlari yoʻnalishidagi oxirgi mahsulot boʻlib, u 2003-yilning soʻngida Fedora Core bilan almashtirildi. Bu distributivga Red Hat homiylik qiladi va hamjamiyat tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Loyiha keyinchalik Red Hat va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga qoʻshiladigan yangi texnologiyalarni sinab koʻrishga xizmat qiladi. Red Hat kompaniyasi Fedora foydalanuvchilarini texnik qoʻllab quvvatlamaydi, bu bilan ochiq hamjamiyat shugʻullanadi. Fedora loyihasining maqsadi – erkin dasturiy taʼminotlardan bir butun operatsion tizim yaratish. Fedoraning yangi versiyalari jadval boʻyicha har 6-8 oyda chiqariladi. Download 30.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling