3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari reja


Download 30.47 Kb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1601859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza-3

televizion kutubxona – asosan tasvirlar va videofilmlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar banki. Optik to‘plovchilarni keng ishlatish juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ma’lumotlar bankini yaratishga imkon berdi. Buning evaziga teleko‘rsatuvlar kutubxonasi yaratilishi mumkin bo‘ldi.
elektron kutubxona – navigatsiya va ishlash vositalari bilan ta’minlangan turli xil elektron hujjatlarning tartibga solingan majmuasi. Elektron kutubxonalar universal yoki ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Utilita - ingl: utility, rus: utilita – Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operatsion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi.
Utilitalar amalga oshirilishi foydalanuvchidan maxsus dasturlarni ishlab chiqish talab yetiladigan, alohida tipik, tez-tez ishlatiladigan jarayonlarni bajarishni avtomatlashtiradi. Ko’pgina utilitalar foydalanuvchi bilan rivojlangan muloqotli interfeysga yega va aloqada bo’lish darajasi bo’yicha qobiqlarga yaqinlashadi. Aslini olganda, OT qobiqlari va interfeysli tizimlar utilitalardan tashkil topgan, lekin bu utilitalar bitta tizimga birlashtirilgan. Ommaviy utilitalar ichida quyidagilarni ta’kidlash kerak:
- magnit disklarga xizmat ko’rsatish (formatlashtirish; tizim ma’lumotlarini diskda saqlanishini va buzilgan taqdirda uni qayta tiklash imkoniyatni ta’minlash; xatolik bilan o’chirib tashlangan fayllarni va kataloglarni hamda shu fayllar va kataloglarni ichidagisini ular buzilgan taqdirda qayta tiklash; diskda fayllarni yeng qulay komponovka (joylashtirish) va defragmentaciya (qayta lavholashtirish) qilish; diskdan maxfiy ma’lumotlarni ularni kelgusida o’qib bo’lmaydigan qilib, ishonchli o’chirib tashlash va b.);
- fayllarga va kataloglarga xizmat ko’rsatish (yaratish, nusxalash, qayta nomlash, yuborish, tezda qidirish, o’chirish va b.);
- fayllarni arxivlashtirish va arxivlashtirishni yo’qotish (arxivlashtirish fayl o’lchamini sezilarli kamaytiradi);
- kompyuter viruslaridan himoya qilish va boshqa ko’p narsalar.
Linux tizimlarida xizmat dasturlariga misollarni http://pingvinus.ru/programs/development/tools internet havolasidan bilib olish mumkin.
Linux OTda qo‘llaniladigan dasturlarning ikki turi mavjud:
• Statik yig‘ilgan dasturlar – barcha kutubxonaviy funksiyalardan tashkil topgan. Bu dasturlar tashqi kutubxonalarga bog‘liqsiz mustaqil ishlaydi. Ularning yutug‘i ularning ishlashi uchun oldindan qo‘shimcha komponentlarni o‘rnatish talab qilinmasligidadir.
• Dinamik yig‘ilgan dasturlar – kichik xajmli to‘liqmas dasturlar bo‘lib, ularning ishlashi uchun tashqi umumiy kututbxona funksionali talab qilinadi. Dinamik tuzilma aniqlangan ktubxonalarning bog‘liqligini ko‘rsatish imkonini beradi va ilovalar paketiga ularni qo‘shmaydi. Dinamik tuzilmaning qo‘llanilishi bir necha yuklangan dasturlar uchun kutubxonaning bitta nusxasidan foydalanishni ta’minlaydi va shuning uchun ko‘pgina zamonaviy dasturlar dinamik tuzilmalardan foydalanadi.
Linux OTning ko‘pgina tizimlarida qattiq yoki yumshoq (simvolli) havolalar va umumiy kutubxonalarni qo‘llash orqali fayllar orasidagi munosabatlarni o‘rnatish uchun ln (/bin/ln) buyrug‘ini qaraylik.
Umumiy kutubxonalar ularning nomlari hamda versiyalari orasidagi simvolli havolalarni tez-tez qo‘llab turadi, shuning uchun qandaydir sababda bu havolalar o‘chirilsa yoki buzilsa ln buyrug‘i doimiy siklga tushgan xatolik sifatida ishlashdan to‘xtaydi. Linux OT bunday holatlarni bartaraf etishda ln dasturining statik tuzilma versiyasi ham mavjud - sln (/sbin/sln). Quyida 64-razryadi Fedora 12 OTda bajarilgan misolda dinamik tuzilma ln va statik tuzilma sln dasturlarining xajmi tafovuti keltirilgan:

Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling