3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari reja


Download 30.47 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1601859
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza-3


3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari


REJA:
1. Linux operatsion tizim biblioteklari va ularni o‘rnatish.
2. Linux bazasidagi bibliotekalarni va ochiq bo‘lgan bibliotekalarni o‘rnatish.
3. Tizim utilitalarini o‘rnatish.
Kalit so‘zlar: televizion kutubxona, versiyalar, Debian, Ubuntu, 64-bit.


1. Linux operatsion tizim biblioteklari va ularni o‘rnatish.

Русча

Инглизча

Ўзбекча

Библиотека

Library

Кутубхона



Biblioteka yunoncha bibliotheke so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, kitoblar ombori, kitoblar saqlanadigan joy ma’nosini beradi.
Library – so‘zi ingliz tiliga 14 asrlarda eski fransuzcha librairie, librarie – kitoblar kolleksiyasi, kitob sotuvchi dukoni so‘zlaridan kirib kelgan. Liber – lotincha so‘z bo‘lib, kitob ma’nosini anglatadi. Library so‘zi ma’nosi – o‘qish va o‘rganish uchun kitoblarni yig‘ish yoki kitoblar saqlanadigan joy, bino tushunchasini anglatadi.
Kutubxona (arab. kutub - "kitoblar", fors. xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video- va audiotasma, optik disk va hk shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Dasturlashda Kutubxona – fayl yoki fayllar to‘plami bo‘lib, dasturda qo‘llaniladigan qismdasturlar, dastur modullari, funksiyalar, makrotushunchalar,va boshqa ma’lumotlar saqlanadi. Bunda kutubxona ikki turga ajratiladi:
- standart kutubxonalar – dasturlash tili translyatori yoki tizim bilan birga beriladi;
- foydalanuvchi kutubxonasi – foydalanuvchi tomonidan yaratiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida (www.undp.uz va www.ictp.uz):
standart dasturlar kutubxonasi – takrorlanadigan masala turlarini yechishga mo‘ljallangan tayyor dasturlar yig‘masi. Chiziqli dasturlash, matritsalarni teskarilash, tajriba natijalarini statistik qayta ishlashning turli usullarini va boshqa masalarini hal qilib beradigan standart dasturlar mavjud.

Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling