3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari reja


Download 30.47 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1601859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza-3

DSL - Damn Small Linux


  • 50 MB hajmli desktopga moslashtirilgan distributiv.

  • LiveCD sifatida ishga tushirilish mumkin

  • USB xotira uskunasidan ishga tushirilishi mumkin

  • Mavjud operatsiyon tizimdan turib ishga tushirish mumkin

  • Debian ditributiviga aylantirish mumkin16 MB RAM(operativ xotira)ga ega 486DX kompyuterida ham ishlay oladi

  • Grafikli foydalanuvchi interfeysiga ega

  • SSH/HTTP/FTP/Audio/Matn muxarriri/Firefox va boshqa ko'plab dasturlarga ega
      1. Wolvix GNU/Linux


Wolvix - yana bir kichik hajmli distributiv

  • 250-450 MB hajmli

  • Slackware asosida ishlangan LiveCD distributiv

  • USB xotira uskunasidan ishga tushirilishi mumkin

  • Modular asosda ishlangan - istalgancha qo'chimcha modul-dasturlar qo'shish mumkin

  • Multimedia va grafika ishlari uchun juda qulay
      1. Puppy Linux


  • 100 MB dan kichik hajmli

  • Kompyuter jihozlariga talab minimal darajaga tushirilgan

  • Tez ishlashga optimizatsiya qilingan

  • LiveCD sifatida ham USD xotira uskunasidan ishlatish mumkin

Linux operatsion sistemasining distributivlari haqida dunyo bo’yicha ishlatilishi haqida reytinglar olib boriladi ushbu reytinglar natijasi har 6 oyda yangilanib turiladi. Linux distributivlarini reyting natijalarini quyidagi sayt orqali bilish mumkin http://distrowatch.com


Linuxda dasturlarning versiyasi xaqidagi ma`lumotlar bevosita fayl nomida aks ettiriladi. Misol uchun asosi Red Hat distributividan kelib chiqgan distributivlarida uchraydigan fayl nomlanishlari:
abiword­2.0.1­1.i386.rpm
ham­common­0.6.3­14.noarch.rpm
kdegames­3.1.4­2.i386.rpm
Ko`zga tashlanadigan birinchi xolat, bu fayl nomlarida nuqtaning ko`p uchrashi. Bu fayllarni nomlanishini quyidagicha izoxlash mumkin. Avval oxiridan boshlaymiz,
rpm - Red Hat Packet Manager – RPM maxsus paketlar8 bilan ishlashga mo`ljallangan fayl.
i386 – x86 protsessorning 3 avlodi va undan uyqori protsessorlariga mo`ljallangan dastur.
noarch - protsessor turiga bog`liq emas.
2.0.1­1 - versiyasi abiword – nomi.
Albatta bu nomlanishi majburiy emas, lekin bu qoidaga amal qilish fayllarni o’qishni soddalashtiradi.
Dasturlarning Beta-versiyalari ham mavjud. Bu versiyalar yaratilgan va hali ma`lum bir foydalanuvchilar guruhi tomonidan sinalmagan hisoblanadi.
Versiyaning birinchi raqamida 0 soni – dasturning norasmiy versiyligini bildiradi. Ikkinchi raqamida toq son bo`lsa – bu dastur versiyasi hali to`liq tugallanmagan hisoblanadi.
Yadro va murakkab yoki tijorat dasturlari uchun versiya raqamlaridan tashqari fayl nomida beta, p, pre indekslarini uchratish mumkin.
Linux OT protsessori x86 oyilasiga tegishli va i386 avlodidan boshlab har qanday kompyuterga o`rnatilishi mumkin. i386 uchun mo`ljallangan dasturlar i586 da ham bemalol ishlaydi, lekin bu dasturni shu i586 uchun optimallashtirish tavsiya etiladi. Shundagina i586 ning to`liq imkoniyatlarini ishlatish mumkin bo`ladi.
i386 da ishlaydigan dastur i586 dan eski degan gap not`g`ri albatta. Shunchaki dastur aynan shu protsessor turida optimal ishlashi ta`minlanadi. Ko`pchilik hollarda dastur yaratuvchilar o`zining dasturlarini oxirgi versiyalarini protsessorning barcha turlari uchun aloxida fayllarbilan ajratadi, masalan:
openssl­0.9.7a­23.i386.rpm
openssl­0.9.7a­23.i586.rpm
openssl­0.9.7a­23.i686.rpm
Linux distributivini zamonaviy kompyuterga o`rnatishda xech qanday muammo chiqmaydi. Lekin eski i386, i486 protsessorli noutbukga Linuxni o’rnatish uchun alohida aynan shu protsessor turiga mos distributivni tanlash zarur.

Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling