3-Мavzu. Linux biblioteka va utilitalari reja


Download 30.47 Kb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1601859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza-3

Mandriva Linux


Gael Duval tomonidan yaratilgan Mandriva Linux distributivi 1998-yilda birinchi marta taqdim qilinganidayoq oʻzgacha bir mashhurlikka erishdi. Distributivni ishlab chiquvchilar Red Hat distributivini olib undagi andoza ish stolini KDE ish stoliga almashtirishdi va Linuxni oʻrnatish qiyinligi haqidagi mifni yoʻqqa chiqargan ishlatish uchun juda oson oʻrnatish dasturini qoʻshishdi. Mandriva Linux distributivi 2005-yilga qadar Mandrake Linux nomi bilan mashxur edi. 2005-yildan boshlab uning nomi Mandriva deb oʻzgartirildi. Mandrivadagi asbob-uskunalarni avto-aniqlash imkoniyati, disklarni boʻlish utilitalari bu boradagi eng yaxshi dasturlardan hisoblanadi. Koʻpgina foydalanuvchilar boshqa distributiblarda topmagan qulayliklarni Mandrivada uchratishdi. Mandriva Linux shundan beri Linux tizimidan ancha rivojlandi, yangi foydalanishni boshlaganlar va uy sharoitida ishlatuvchilar orasida mashxur distributivga aylandi. Mandrivani yaratish jarayoni toʻliq ochiq boʻlib, yangi paketlar "cooker" deb nomlanuvchi katalogda har kuni paydo boʻladi. Yana shuni aytish lozimki, Mandriva bugungi kunda oʻzbek tilini qoʻllab quvvatlayotgan yagona distributivdir.
      1. Ubuntu Linux


Ubuntu Linux Linux hamjamiyatiga bundan oldingi birorta ham loyiha amalga oshira olmagan tezlik bilan kirib keldi. U bunga tajribali oʻyinchilar kabi erishdi: dastlab boshqa asosiy distributivlarni kuzatib bordi, ularni xatoliklarini oʻrganib va shu bilan birga ulardagi barcha yaxshi tomonlarni bir yerga toʻplab ajoyib mahsulotni yaratdi. Ushbu distributivga qiziqqanlar uchun olti oylik chiqarish sikli, zamonaviy paketlar, aniq qilib belgilangan mahsulotning umri(18 oy), yozib olish uchun tezkor oynalar, hattoki erkin tarqatiladigan, dunyoning xohlagan nuqtasiga bepul yetkazib beriladigan kompakt disklar muntazir.
Loyiha JARlik tadbirkor Mark Shuttleworth tomonidan moliyalashtiriladi. U Go Open Source kabi bir qancha taʼlim va EOKDT tashabbuslariga asos solgan.
Texnik tomondan Ubuntu Debian Sid (barqaror boʻlmagan tarmoq)ga asoslangan. Ammo unda ancha zamonaviy paketlar taqdim qilinadi, xususan, GNOMEning oxirgi versiyasi. Bu distributiv ham ish stoli sifatida, ham server sifatida ishlatishga moslashtirilgan. Ubuntu ning Kubuntu, Edubuntu, Xubuntu, Gobuntu kabi turlari (nashrlari, editions) mavjud.
      1. Doppix


Birinchi oʻzbekcha Linux distributivi. Birinchi nashri Doppix 2008.0 Edu deb nomlanadi. Bu nashr Mandriva Linux 2007.1 Spring Free distributivi asosida yaratilgan boʻlib, yangi, erkin tarqatiladigan Linux ochiq operatsion tizim distributividir. Ta'lim muassasalarida (maktab, kollej va litseylarda) ishlatishga moʻljallangan, doʻstona interfeysga, hamda tanlash imkoniyati keng boʻlgan oʻquv va kundalik dasturlariga ega. Doppix 2008.0 Edu distributividan uy kompyuterlari va ish stansiyalarida ham foydalanish mumkin. Oʻquv dasturlaridan tashqari, distributiv toʻlaqonli ofis va multimedia dasturlar to'plamiga ham ega. Doppix 2008.0 Edu MS Windows OTdan Linux OTga oʻtishni xohlaganlar uchun ajoyib yechimdir. Linuxda yangilar uchun, oʻzini tushunarli va qulay muhitda his etish imkoniyatini beruvchi maksimallashtirilgan foydalanuvchi interfeysi mavjud. Foydalashda sodda boʻlgan oʻrnatgich yordamida distributivni kompyuterga oson oʻrnatish mumkin. Doppix 2008.0 Edu 3 ta tilda ishlay oladi - oʻzbekcha (kirill/lotin), ruscha va inglizcha. Ishlab chiqarish jarayonida barcha eskirgan va stabil boʻlmagan paketlar yangilariga almashtirilgan. Bundan tashqari distributiv tarkibiga katta hajmdagi qoʻllanmalar qoʻshilib soʻrov tizimi kengaytirilgan. Doppix 2008.0 Edu distributivi mahalliy talablardan kelib chiqqan holda ta'lim muassasalari uchun yaratilmoqda. Asosiy urgʻu stabillik, soddalik va hammaning ushbu distributivdan foydalanishi va uni muammosiz olishiga qaratilgan.

Kichik hajmli Linux distributivlari



      1. Download 30.47 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling