1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Download 257.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana18.06.2023
Hajmi257.08 Kb.
#1588484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


1. Savol: Barbotaj nima?
Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman» degan ma’noni anglatib bosim ostida gaz yoki bug‘ 
ta’sirida suyuqliklarni qo‘zg‘alash, quvurlar, apparatlar sirtiga o‘tirgan zarrachalarni qo‘zg‘atish orkali 
issiklik almashinishda intensivligini oshirishga erishish. 
2. Savol: Bug‘ turbinasi nima va uning vazifasi.
Javob: Shunday issiqlik dvigatellariga bug‘ turbinasi deb ataladiki bug‘ning potensial energiyasini birinchi
kinetik energiyaga aylantiradi shundan sung kinetik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi. 
Bug‘ning potensial energiyasini mexanik energiyaga aylanish usuliga qarab aktivli va reaktivli turbinalarga 
bo‘linadi. Bug‘ turbinasi bug‘ning kinetik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Yuqori bosimli 
bug‘ tezlik bilan turbina ishchi xalqasi (rabochiy kolso)ga urilib aylantirib ish bajaradi. Bug‘ning kinetik 
energiyasi bosimidan foydalanib, nasos va kompressorlarning mexanik xarakatini ta’minlovchi qurilmaga 
bug‘ turbina deyiladi. 
3. Osmotik bosim va teskari osmos nima?
Javob: Osmotik bosim-erituvchi past konsentratsiyali muhitdan bosim ostida yarim o‘tkazuvchi filtr orqali 
yuqori konsentratsiyali muhitga o‘tishi.
Teskari osmos – yuqori konsentratsiyali muhitdan bosim bilan filtrlar orqali past konsentratsiyali muhitga 
o‘tishi. 
4. Savol: Gazlar tarkibidagi namlik nima uchun ajratilib olinadi. 
Javob: Gazlarni faza (fraksiya)ga ajratish uchun sovitilganda tarkibidagi namlik muzlab qotib qolmasligi 
uchun, hamda namlikning texnologik jarayonlarga salbiy ta’sirining oldini olish uchun gazlar tarkibidagi 
namlik ajratilib olinadi. 
5. Savol: Gaz turbina nima va ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
Javob: Bu latin tilida turbo –«vrasheniya» ma’nosini anglatadi. Gaz turbinalarda yoqilg‘i gaz yoqilib, issiqlik 
energiyasini turbina mexanik energiyasiga almashtirish uchun gaz turbina ishlatiladi. Gaz topka kamerada 
yoqilib, gaz yonib kengayish hisobiga turbina sopla orqali yo‘nalish berib, lopatkalariga uriladi va aylantiradi. 

Download 257.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling