12. Savol: Kompressor nima va kompressor turlarini ayting?
Javob: Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi.
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim R2 ning, gazni so‘rilish paytidagi bosim R1 ga nisbati
siqish darajasi deb nomlanadi. Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor mashinalari quyidagi
turlarga bo‘linadi:
Ventilyatorlar (R2/R1) <1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun;
Gazoduvkalar 1,1 < (R2/R1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish
uchun;
Kompressorlar (R2/R1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi;
Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun;
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsipi) bo‘yicha porshenli, rotorli, markazdan qochma, o‘qli va
boshqa mashinalarga bo‘linadi.
13. Savol: Demineral suv tayyorlash qurilmasida texnik suv filtrlashning nechta bosqichidan so‘ng
demin suvga aylanadi?
Javob: Qurilmada texnik suv 4 xil filtrdan o‘tadi. Mexanik filtrlar, kartrij filtrlari, teskari osmos, ion
almashinuv filtri. Mexanik filtrlar ichida kvarsli qum va antratsit bo‘lib, ular suvni mexanik ifloslanishlardan
tozalaydi. Kartrij filtrlari suvni 5 mikrondan katta zarrachalardan tozalaydi. Teskari osmos filtridan faqat suv
molekulalari o‘tadi, suv tarkibidagi barcha tuzlar ushlab qolinadi. Ion almashinuv filtrlarida anionit va kationit
filtrlovchi elementlari bor bo‘lib, suv ion holdagi tuzlardan tozalanadi, ya’ni anionitda anionlar va kationitda
kationlar ushlab qolinadi.
14. Savol: Gradirnya – nima?
Javob: Gradirnya (nem. gradieren – tuzli aralashmani quyuqlashtirmoq) suvni atmosfera havosi bilan
sovutuvchi qurilma. Gradirnyadan ishlab chiqarish korxonalarining aylanma suv ta’minoti tizimlarida issiqlik
almashish qurilmalari, kompressorlar va h.k.lardan qaytayotgan suv haroratini tushirish uchun foydalaniladi.
Suvni sovushi asosan og‘irlik kuchi ta’sirida orositellardan tomchi yoki plyonka ko‘rinishida oqib
tushayotgan suvning bir qismini bug‘lanishi evaziga sodir bo‘ladi (1 % suvning bug‘lanishi uning haroratini
taxminan 6 0S gacha kamaytiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |