1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Savol: Korroziya va erroziya nima?
Download 257.08 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Suyuqliklarda elektr o‘tkazuvchanlik tushunchasi nima
- 11. Savol: Neft va gazning davlat energetika tizimidagi o‘rni xaqida nimalar bilasiz
9. Savol: Korroziya va erroziya nima?
Javob: Korroziya - metal va metall kotishmalarning o‘z-o‘zidan kimyoviy, elektrokimyoviy yoki atrof muxitning fizika-kimyoviy ta’sirida yemirilishi. Eroziya–fizik ta’sir natijasidagi yemirilishga eroziya deyiladi. 10. Suyuqliklarda elektr o‘tkazuvchanlik tushunchasi nima? Javob: Barcha moddalar elektr toki ta’siriga munosabatiga ko‘ra ikki guruxga: elektr toki o‘tkazadigan va elektr toki o‘tkazmaydigan moddalarga bo‘linadi. Eritmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar – elektrolitlar, Eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar – elektrolitmaslar deyiladi. Elektrolitlar – kislotalar, ishqorlar, tuzlar. Elektrolitmaslar – qand, spirt, jumladan toza suv xam. «Ion» - atamasi grekcha so‘z bo‘lib, «boruvchi» degan ma’noni bildiradi. Elektrolitlar – Tuzlar, kislota va ishkorlar suvda eritilganda ularning molekulalari musbat va manfiy ishorali ionlarga ajraladi. Ana shu ionlarning tartibli xarakati elektr tokining o‘tishini ta’minlaydi. Elektrolitlarning ionlarga ajralishi dissotsialanish jarayoni deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa moddalarning molekulalari suvda eritilganda ionlarga dissotsialanmaydi. 11. Savol: Neft va gazning davlat energetika tizimidagi o‘rni xaqida nimalar bilasiz? Javob: Neft va gazning davlat energetika tizimida rivojlanishning strategik ahamiyatga ega sohadir. Neftdan yoqilg‘i moylash materiallari, gazdan sanoat va halq xo‘jaligi uchun xom-ashyo va yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Tabiiy gaz. Tabiiy gaz mikdori jixatdan juda katta hajmda va mikdorda Zarafshon vodiysi va Kashkadaryo voxalarida mavjud. O‘zbekistonda tabiiy gaz yoqilgi sifatida ishlatiladi, lekin tabiiy gaz juda sifatli xomashyodir. Navoiy kimyo birlashmasida, Toshkent viloyatidagi Oxangaron va Chirchik kombinatlarida ishlatiladi. Tabiiy gazning tarkibida ancha mikdorda xar xil aralashmalar mavjud. O‘zbekistonda tabiiy gazning asosiy tarkibi metandan iborat, lekin tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalari kimyoviy kayta ishlashda ancha xalakit beradi. shu uchun tabiiy gaz ishlab chikarish konlarining yonida gaz tozalash zavodi qurilgan. Bunday gaz tozalash kurilmalari Korovulbozor va Muborakda mavjud. Neft. O‘zbekistonda neft Farg‘ona vodiyisida va Kashkadaryo, Surxondaryoda mavjud. Neft plastlaridan olinadi. Plastlarning chuqurligi oldin 100 m dan 6000 gacha edi. Xozirgi paytda neftni ancha chuqur plastlardan qazib olinadi. Kashkadaryo voxasida neft konlarining chuqurligi 12 ming metrgacha bo‘lib bosimi ancha yaxshidir. Neftdan asosan xar xil maxsulotlar olinadi. Neftni quruq xaydaganda gaz, benzin, kerosin, solyarka, solyar moylari va yuqori molekulali uglevodorodlar, xar xil moylar, mazut, parafin va gudron olinadi. Download 257.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling