3-Mavzu: Linux server biblioteka va utilitalari Reja: Linux serveri nima? Linux server bibliotekalari Tizimning utilitalarini o‘rnatish va sozlash Linux server boshqaruvining qurilmalariga qo‘yiladigan talablar


Download 434.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi434.28 Kb.
#1626650
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu



3-Mavzu: Linux server biblioteka va utilitalari 
Reja: 
Linux serveri nima? 
Linux server bibliotekalari 
Tizimning utilitalarini o‘rnatish va sozlash 
Linux server boshqaruvining qurilmalariga qo‘yiladigan talablar 
 
Linux server – bu Linux operatsion tizimining bir varianti boʻlib, yirik tashkilotlar va 
ularning dasturiy taʼminotini yanada zichroq saqlash va operatsion tizim ehtiyojlarini 
qondirish uchun moʻljallangan tizimidir. Linux serverlari bugungi kunda keng 
qo'llanilayotgan, barqarorligi, xavfsizligi va moslashuvchanligi jihatidan standart Windows 
serverlarini ortda qoldirishi mumkin bo‘lgan serverlardan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, 
Linux serverlari fizik va bulutli serverlarda ishlash uchun odatda yengilroqdir, chunki ular 
grafik interfeysni talab qilmaydi 
Windowsdan farqli o'laroq, ko'pgina Linux serverlari to'liq buyruqlar qatoriga 
asoslangan bo'lib, u foydalanish qulayligidan ko'ra funksionallikni va optimallashtirilgan 
ishlashni birinchi o'ringa qo'yadi.Linux serverining yana bir afzalliklaridan biri deyarli 100% 
ish vaqtini saqlab turish qobiliyatidir. Ya’ni ko'pchilik serverlar qatori yangilanishlarni 
amalga oshirish yoki xatolarni tuzatish uchun oflayn rejimda bo'lish shart emas. Linux bir 
vaqtning o'zida bir nechta ilovalarni boshqarishga imkon beruvchi ko'p vazifalarni 
boshqarishda ham qulaydir. 
 
Linux server bibliotekalari. Ma'lumki, kompyuteringizga o‘rnatilgan har bir dastur bir 
necha qismlardan iborat. Bu esa terminal orqali boshqariladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bajariladigan fayl, shuningdek, dastur foydalanishi mumkin bo‘lgan funksiyalar to‘plamiga 
ega kutubxonalardir.Barcha dasturlar to’g’ridan-to’g’ri kutubxonalardan foydalanadi. Agar
siz yaratgan dastur o‘z kutubxonalariga ega bo‘lmasa, u holda C dasturlash tilining standart 
kutubxonasidan foydalanadi.Linuxdagi kutubxonalar muayyan muammolarni hal qilish 
uchun funksiyalar to‘plamini yoki oddiyroq aytganda, algoritmlarni o‘z ichiga oladi. Misol 
uchun, agar dastur ekranda chiziqni ko‘rsatishi kerak bo‘lsa, u kerakli piksellarni o‘zi 
bo‘yashni boshlamaydi, shunchaki kutubxonadan buning uchun javob beradigan funksiyani 
chaqiradi.

Download 434.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling