3-mavzu. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot turi sifatida. Reja


Download 37.09 Kb.
bet6/9
Sana28.09.2023
Hajmi37.09 Kb.
#1689407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-seminar

Ma’lumot va uslublar

1.Qanday materiallardan foydalaniladi?

2.Izlanishning asosiy mavzusi nima haqida?

3.Tadqiqot qanday ko`rinishga ega?

4.Qanday tartib-qoidalarga amal qildinadi?



Kerakli ma’lumotlarni to`plash bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so`ng, g`oyalarni ilmiy rahbar, hamkasblar yoki shu sohani yaxshi bilgan mutaxassislar bilan muhokama qilish mumkin. Ko`pgina universitetlarda bitiruvchi talabalar uchun yozuvchilik, ya’ni tadqiqot ishini tamomlab olishga xizmat qiluvchi maxsus markazlar tashkil etilib, g`oyalarni muhokama qilish, o`zaro hamkorlikda faoliyat olib borish yo`lga qo`yilgan. Dastlabki bosqichda o`zaro fikr almashish vaqtni tejashga yordam beradi. Chunki mavjud xato va kamchiliklar atrofdagilarga ko`proq, seziladi, eng zarur tavsiyalar ham ulardan chiqishi mumkin. Bu tadqiqot ishini to`g`ri yo`naltira olish va keraksiz narsalarga chalg`ib ketmaslikning oldini oladi.
Ishning qoralama nusxasini tayyorlash
Yetarlicha fikr-mulohaza, ma’lumotlarga ega bo`linganidan keyin tadqiqot ishining qoralama nusxasini tayyorlashga kirishish mumkin. Qoralama nusxani yozib bo`lishi hamono yakunlanilmaydi. Mos so`z yoki jumla, yaxshi iborani qo`llash, gaplardagi ma’no g`alizligining oldini olish uchun ko’rib chiqish kerak bo’ladi.
Ko`pchilik talabalar izlanuvchilikda malakasi etishmasligidan shikoyat qiladi. Psixologlarning aytishicha, bo`sh joyga qarab xayol surib o`tirish tushkunlikni keltirib chiqarar ekan. Yosh olim ishini boshlar ekan, uning oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib chiqqandan keyin tadqiqot ishining aslini yozishni boshlasa ham bo`ladi.
Tadqiqotda ish materiallari va metodlari birinchi bo`limda keltirilgani ma’qul. Mavjud ma’lumotlardan tushunarsizlari chiqarib tashlanadi. Sababi, mazkur bo`limda tushuntirish ishlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Bo`lim yakunini yozayotganda esa ishni baholash maqsadida boshqa tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o`tish mumkin. Eng muhimi-chalg`imaslik! Bir bo`limdan boshqasiga o`tish jarayonida tadqiqot maqsadi noaniq bo`lib qolishi, kutilgan natija bermasligi mumkin.
Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Agar keltirilayotgan fikr hammaga ma’lum yoki yaqinda bu borada maqola e’lon qilingan bo`lsa, bu haqda adabiyotlar ro`yxati orqali iqtibos berib o`tishning o`zi yetarli. Lekin yangi fikrni o`rtaga tashlash kerak bo’lsa, uni ipidan ignasigacha, hatto ko`pgina qo`shimcha ma’lumotlar keltirilgan holda izohlash kerak bo’ladi.
Shuningdek, ma’lumotlarni izchil keltirish uchun gapning kesimiga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni, bu erda kesimning aniq yoki majhul nisbatda ekanligi borasida so`z yuritilmoqda. Agar tadqiqot haqida ma’lumot bermoqchi bo`lib, gap “biz” olmoshi bilan boshlanilsa, bu ko`pgchilik uchun g`alizroq tuyuladi. Agar fe’lni aniq nisbatda berish lozim bo`lsa, yuqoridagi olmoshni imkon qadar kamroq qo`llagan maqsadga muvofiq.
Tadqiqot ishini yozishda eng muhim jihatlardan yana biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berish. Ishda keraksiz va bo`yoqdor so`zlar, ma’no yaxlitligiga soya soluvchi fikrni ishlatmagan ma’qul. Aniqlik, qisqalik, xolislik
Tadqiqot ishining kirish qismi o`quvchini nafaqat mavzuga yo`naltiriladi, balki asosiy maqsadni qisman bo’lsa ham ochib beradi. Mazkur bosqichga qadar qog`ozga tushirgan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan qaytadan o`qib chiqiladi va maqsad yana bir bor aniqlashtirib olinadi.
Shuni unutmaslik kerakki, kirish qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, shu sababdan uni chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma’qul. Ko`pchilik olimlarning fikricha, o`quvchi ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu bo`yicha o`zgacha topilmani topish maqsadida o`qiydi. Qiziqishni oxirigacha ushlab turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan ma’qul.
Ko`pchilik tadqiqotchilar ilmiy ishda umumiy gaplardan foydalanadi. Biroq, bu noto`g`ri. Sababi, ma’lum maqsadga qaratilgan mavzuni aniq faktlar yordamida isbotlab berish talab etiladi. Tadqiqotchining oldiga qo`ygan maqsadi boshqalarnikidan farqli ravishda, umumiylikdan xoli tarzda, mustaqil bayon etilsa ilmga qo`shgan hissasi va topilmalari yaqqol yuzaga chiqadi. Ununtilmaslik lozimki, kirish qisqa bo`lsa-da, butun mehnatini namoyon etib turadi.
Ko`pchilik tadqiqotchilar uchun asosiy bo`lim muhokamasi xavotirli tuyuladi. Sababi, aksariyat hollarda yutuqlardan ko`ra xato va kamchiliklar yuzaga chiqib qolishidan qo`rqish hissi ustun keladi. Aslida, mazkur bo`limda tadqiqot jarayonidagi ilmiy topilmalar va ularni ommaga e’lon qilishdan maqsad: bu qarash nechog`li muhim, ilm-fanga yangilik olib kira oladimi, degan savollarga javob topishdan iborat. Agar bular yaxshilab o`rganilib, aniq javob topilsa,o’quvchi ham tadqiqot ishini osongina tushunadi. Mazkur bo`limda tadqiqotchi mavzuni qanchalik tushunib etgani ham oydinlashadi. Shuningdek, fikran teranlik so`zlarning o`z o`rnida qo`llanilgani hamda tushunarliligi ilmiy ish olib boruvchi sifatidagi qiyofani namoyon etadi. Eng so`ngida shaxsiy tajriba, izlanishdan chiqargan xulosalar, mutaxassislarning fikr-mulohazalari yoki qo`shimcha ma’lumotlar bilan ilmiy ishni yakunlash mumkin.
Tadqiqot ishini o`z nihoyasiga etkazib olgach, uni umumiy va ichki usullar bilan ko`zdan kechirib chiqish lozim. Umumiy tuzatishda gaplarning tuzilishi, sarlavha, mazmun tahrir qilinadi. Ichki usul ko`p vaqt talab etadi, sababi, har bir so`zning to`g`ri yozilgani, grammatik va punktuatsion xatolar bartaraf etilishi lozim. Umumiy tahrirda matn ustidan ko`z yugurtirib chiqish kifoya. Ishni osonlashtirish uchun so`zma-so`z, gapma-gap tahrir qilish yoki matnni ovoz chiqarib o`qish ham mumkin. Bunda yo`l qo`yilgan xatolik, ayniqsa, jumlalardagi g`alizliklar bartaraf etiladi.
Nihoyat, tadqiqot ishini printerda chop etib, qalam yordamida ikkinchi tuzatishga kirishish mumkin bo’ladi.Tadqiqotchi ishni o’ziga qulay, o`qish uchun oson bo`lgan kattaroq shriftda chiqarsa,ayni muddao. Shundan so`ng ilmiy rahbar bilan ishni yana bir bor muhokama qilish, boshqalarga ham fikr-mulohazalarni bildirishi uchun o`qitish mumkin. Bunda iloji boricha boshqa sohada ishlaydigan kishilarning qarashlari bilan o`rtoqlashgan ma’qul. Buning o`ziga yarasha sababi bor: agar o`qib chiqqan inson tadqiqot ishida nima ochib berilganini tushunsa, demak, o`quvchi ko`zi bilan qaraganda ham maqsadga erishilgan bo`ladi.

Download 37.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling