3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


Download 186.52 Kb.
bet12/26
Sana17.06.2023
Hajmi186.52 Kb.
#1541341
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
3-Mavzu

Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir.
U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo‘lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muammolar tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o‘ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o‘tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi. Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash xuquqiga ega bo‘lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi.
TARAQQIYOTNING O‘ZBEK MODELI – JAMIYAT RIVOJINING TADRIJIY KONSEPSIYASI. O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o‘z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlash, rivojlanishning o‘zbek modelini yaratish imkoniga ega bo‘ldi.

Download 186.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling