3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja
Insonning psixik xususiyatlariga
Download 186.52 Kb.
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARQ FALSAFASIDA INSON.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, xayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo‘yish yoki psixologik xususiyatlarni bo‘rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
SHARQ FALSAFASIDA INSON. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. Shu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»10. Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlaShuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim. Download 186.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling