3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


Download 186.52 Kb.
bet18/26
Sana17.06.2023
Hajmi186.52 Kb.
#1541341
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
3-Mavzu

I.A. Karimov (1938) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning fikricha “Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”8. Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”9. Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
INSONNI O‘RGANADIGAN FAN — ANTROPOLOGIYA DEB YURITILADI.
ANTROPOLOGIYA inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‘laroq ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» — insonning o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o‘zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi. Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliyhimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit berishi mumkin.
INSON - o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar shular jumlasidandir.

Download 186.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling