3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI


Download 186.52 Kb.
bet4/26
Sana17.06.2023
Hajmi186.52 Kb.
#1541341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
3-Mavzu

FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI
FORMAL VA DIALEKTIK MANTIQ. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.
MATEMATIK MANTIQ. Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda.
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Tevarak atrofimizdagi barcha mavjud narsalar, ya’ni tabiat jamiyatdagi voqea va hodisalar doimo bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishda, rivojlanishda, o‘zgarishdadir. Bu o‘zgarishlar asta-sekin, birin-ketin zaruriy tarzda amalga oshadi. Demak, narsa va hodisalarning o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuz beradi. Moddiy olamdagi voqea va hodisalarning o‘zgarishi, ularning harakati inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, ob’ektiv holda ro‘y beradi. Qonun predmet va narsalarning muhim, zaruriy tomonlarini ifodalaydi.
QONUN - keng ma’noda moddiy olamdagi predmet va buyumlar o‘rtasida yuz beradigan ob’ektiv, zaruriy, mohiyatli, muhim, eng umumiy, nisbiy o‘zgarmas bog‘lanishlardir.
Qonunlar mazmuni, harakat doirasiga bog‘liq holda asosan uch xil bo‘ladi:
1. Eng umumiy qonunlar,
2. Umumiy qonunlar,
3. Xususiy qonunlar.
Falsafa qonunlari (Miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, inkorni inkor qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni) eng umumiy qonunlardir. Bu qonunlar hamma erda va hamma vaqt - tabiatda, jamiyatda hamda kishi tafakkurida amal qiladi. Shunday qonunlar borki, ular tabiatning muayyan sohasiga tegishli bo‘ladi (er qimirlash, Oy tutilishi, suv toshqini). Shuningdek, jamiyatga xos qonunlar ham bor. (Qiymat qonuni, ishlab chiqarishning rivojlanish qonuni). Ayrim hodisalarga tegishli qonunlar ham bor (biologiya, astronomiya fanlarida). Bular odatda xususiy qonunlar deyiladi. Umuman olganda inson tomonidan qonunlarni bilish, o‘rganish va undan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avvalo bu qonunlar xususiy tarzda, faqat inson tafakkuriga xos bo‘lgan fikrlash, mulohaza yuritishda amal qiladi. Mantiq qonunlari deganda fikrlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlar tushuniladi. Mantiq qonunlarini bilish, o‘rganish insonni fikrlashining to‘g‘riligini ifoda etadi.
Unutmang! Mantiq qonunlarini o‘zgartirish, buzish, almashtirish mumkin emas. Mantiqiy qonunlar dunyodagi hamma xalqlar va millatlar uchun bir xil. Bu qonun bo‘yicha buyum haqidagi fikr aniq, izchil va asosli bo‘lishi kerak. Aks holda fikrlash buziladi. Yodda tuting! Mantiqiy qonunlar 4 ta: Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Uchinchisi istisno qonuni, Etarli asos qonuni. Bu qonunlarning talabini bajarish mantiqiy fikrlash, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunlarning uchtasi qadimgi yunon mutafakkiri Arastu (er.av. III-IV asr) tomonidan tavsiflanib berilgan va fanga kiritilgan. Etarli asos qonuni esa Leybnis tomonidan fanga kiritilgan. Mantiqning bu qonunlari ob’ektiv olamdgi buyumlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning inson ongidagi inikosidir. Mantiq qonunlari chin hukmni isbotlash, xato hukmlarni inkor qilish jarayonida amal qiladi. Formal mantiq qonunlari fikrlashning tuzilishini aniqlaydi. Buning uchun turli formula va belgilardan foydalaniladi. Mantiqdagi S-R formulasi konkret fikrlashda fikr mazmuni xar hil bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Masalan, "Barcha S-R dir" formulasiga quyidagi fikrlarni kiritish mumkin. "Hamma olimlar ziyolilardir", "Hamma baliqlar suvda yashaydi", "Hamma Markaziy Osiyo davlatlari - BMTga a’zo" va shunga o‘xshash fikrlar. Bu erda o‘zgaruvchi "S" "olimlar", "baliqlar", "Markaziy Osiyo davlatlari" tushunchalarida, "R" "suv", "ziyoli", "BMT a’zosi" tushunchalarida ifodalangan.
Bundan tashqari mantiqda fikrlash tuzilishini ifoda etadigan shunday formulalar mavjudki, bunday holda konkret fikr almashtirilsa ham, fikr to‘g‘ri bo‘laveradi. Masalan, shartli hukm formulasini olib ko‘raylik ("Agar A bo‘lsa, u holda V bo‘ladi") Agar talaba a’lo o‘qisa, u holda imtiyozli stipendiya oladi" yoki "Agar paxtaga yaxshi ishlov berilsa, u holda mo‘l hosil olinadi".
Eslab qoling! Demak, mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, mantiqiy o‘zgarishlarni konkret fikr mazmuni bilan qanchalik almashtirsak - to‘g‘ri hukm hosil bo‘laveradi. Demak, mantiq qonunlari - tafakkur qonuni bo‘lib, u fikrlash tuzilishini, uning shakllari, tushuncha va hukmlar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni to‘g‘ri aks ettiradi.
AYNIYAT QONUNI
Qonun talabi:Muayyan muhokama jarayonida har qanday tushuncha va hukm o‘z-o‘ziga ayniy (teng) bo‘lishi kerak. Ayniyat qonuni A - A formula bilan ifodalanadi. Ayniyat qonuni to‘g‘ri fikrlashning qonunlaridan biri bo‘lib, fikrning muayyanligini va ravshanligini ta’minlaydi. Moddiy olamdagi hamma narsalar doimo o‘zgarishda, yangilanishda va rivojlanishda. SHu bilan birga har bir narsa o‘zining shakliga, sifatiga, tuzilishiga ega, boshqa narsalardan farq qiladi. Masalan, gazeta jurnaldan, televizor radiodan, O‘zbekiston Armanistondan, yulduz oydan farqlidir. Ana shu narsalar o‘zining aynanligi, konkret mazmuni va shakli bilan o‘z xususiyatini saqlab qoladi. Shuningdek, Ayniyat qonunida muhokama jarayonida har bir fikr o‘zining boshlang‘ich mazmunini saqlab qolishi kerak. Ayniyat ma’lum munosabatda buyumlar tengligi va o‘xshashligidir. Ammo ikki narsa absolyut ayniy narsa bo‘lishi mumkin emas. U ham ayniy ham tafovutli. Misol uchun, daraxtning ikki bargi. Ayniyat qonunida har bir fikr o‘z o‘rnida ishlatilib o‘z aynanligini saqlab qolib, boshqa fikrlar bilan aralashtirilib yuborilmasligi kerak.
Masalan, quyidagi tushunchalar o‘zaro teng tushunchalardir:
a) "Bur’oniddin Marg‘inoniy", b) "Hidoya" asari muallifi
v) "Musulmon fiqiq ilmining zabardast nazariyotchisi"
yoki
a) "Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti",
b) "Islom Abduanievich Karimov".
Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki Y.Oxunboboev ham Prezident bo‘lgan.
Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin. Keyingi paytlarda yangi so‘zlarni, atamalarni muomalaga kiritish natijasida ko‘p chalkashliklar va o‘zboshimchaliklar kelib chiqyapti. Natijada ayniyat qonuni buzilishlari yuz bermoqda. Masalan, "samolyot" so‘zi o‘rniga "tayyora", "aeroport" - "tayyorago‘", yoki "fakultet"- "qulliyot", "institut" - "oliygoh" kabi tushunchalar. Buning natijasida mazmun jihatdan chalkashliklar kelib chiqmoqda.
Ma’lumki, grammatikada turli so‘zlarni, tushunchalarni ifodalovchi omonim so‘zlar bor. Bunda bir so‘z bir necha ma’nolarni anglatadi. Natijada ba’zi hollarda ayniyat qonuni doirasidan chetga chiqish yuz beradi. Masalan, "o‘t" so‘zi sakrash ma’nosida, olov ma’nosida va o‘simlik ma’nosida ifodalanishi mumkin. Jumladan, "suz" so‘zi ham a) "ovqatni suzmoq", b) "suvda suzmoq", v) hayvonning biror kishini suzishi ma’nolarida ishlatilishi mumkin. Agar kishilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbat yoki munozaralarda ayniyat qonuni talabalariga rioya qilinmaganda, ya’ni tushunchalarning ma’nolari o‘zgartirib yuborilsa, shunga qarab fikrlayotgan shaxsning ma’naviy madaniyati, bilim saviyasi, darajasi past ekanligini bilib olish mumkin.
Qadimgi Yunonistonda suhbatdoshini chalg‘ituvchi, fikrdan adashtiruvchi, tushunchalarni almashtiruvchilar - sofistlar deb atalganlar. Ular atayin mantiqiy xato fikrlarni ishlatib, o‘z raqiblarini so‘z bahsida engishga intilganlar, ya’ni mantiq qonunlarini ongli ravishda buzganlar.
Ayniyat qonuniga amal qilish kundalik hayotda, ilmiy tadqiqot ishlarining samarali bo‘lishida g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Ayniyat, ayniylikdan foydalanish sud-tergov ishlarida ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, dastxatlarni solishtirish, odamlar xujjatlarini va barmoq izlarini bilib olishda ayniyat ishlab keladi. Ayniyat qonuni fanda, ehmlarning ish dasturini tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Fanda ayniyatning turli modifikasiyalari (turlari) uchraydi. Matematikada tenglik, ekvivalentlik, tengsonlilik, ko‘plik va hk. Xulosa qilib aytganda, ayniyat qonuniga amal qilish to‘g‘ri fikrlashning xususiy qonuni sifatida kishi tafakkurining barcha shakllari (tushunchalar, hukm, xulosa chiqarish) uchun umumiydir, ya’ni muhokama qilinayotgan fikr o‘zining aynanligini saqlab qolishi kerak.
ZIDDIYAT QONUNI
Diqqat! Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Ziddiyat qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir narsaga nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi A- dir, A-A emas. Bu erda A-hukmni bildirsa, birinchi hukmni inkor etuvchi hukm. Quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik.
1. "Falsafa qiziqarli fan". "Falsafa qiziqarli fan emas".
2. "Sodiqov a’lochi talaba". "Sodiqov a’lochi talaba emas".
3. "Hamma insonlar onglidir". "Ba’zi insonlar qora tanli emas".
4. "Hech bir davlat urush tarafdori emas". "Hamma davlatlar urush tarafdori".
Bu hukmlar ayni bir vaqtda hech qachon chin bo‘la olmaydi. Agar biror kishi tomonidan yuqoridagi hukmlar u yoki bu belgini tasdiqlasa yoki inkor etsa, ularning mazmuni inkor bo‘lishdan qat’iy nazar bir narsaga nisbatan bir vaqtda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Ziddiyat qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi". "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas". Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda Ziddiyat qonuni shunday ta’riflanadi: "bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa xato bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri bo‘laveradi".
Formal mantiq ziddiyatlarini moddiy olamdagi predmet va buyumlarga xos bo‘lgan ziddiyatlardan ajrata bilish lozim. Moddiy olamni bilishda dialektik mantiqning roli kattadir. Dialektika ob’ektiv olamning rivojlanishi jarayonini ham ziddiyatlarning vujudga kelishi va uni hal etilishidan iborat, deb ta’kidlaydi. Dialektik ziddiyat moddiy olamdagi buyum va narsalarni doim o‘zgarishda, rivojlanishda, bir holatdan boshqa holatga o‘tishda, deb biladi. Dialektik ziddiyat rivojlanish manbai hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri rivojlanishi dialektik ziddiyat natijasida yuz beradi. Dialektik ta’limotdan kelib chiqib, narsa harakatda ham sokinlikda (koinot va erga nisbatan) deb ta’kidlansa to‘g‘ri, lekin formal mantiq nuqtai nazaridan bu xato. CHunki xarakat va sokinlik bir vaqtning o‘zida bir narsa to‘g‘risida aytilgan ziddiyatli fikrdir.
Ziddiyat qonuni ayni bir vaqtda bir buyum haqidagi aytilgan ikki zid fikr chin bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Ammo bu zid fikr biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato bo‘ladi degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Masalan, "Hamma huquqshunoslar prokuror", "Hech bir huquqshunos prokuror emas". Bu hukmlarning har ikkalasi ham noto‘g‘ri, xatodir. YOki "Hamma davlatlar BMT ga a’zodir", "Hech bir davlat BMT ga a’zo emas". Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin emas, lekin ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. "Ba’zi davlatlar BMT ga a’zodir" degan hukm chin bo‘ladi. Demak, ziddiyat qonuni ikki qarama-qarshi hukmning sig‘isha olmasligini ko‘rsatib beradi. Ziddiyat qonunini yaxshi bilish kishilarga suhbatdoshining mantiqsizligini ochib tashlashga, yordam beradi.
Ziddiyat qonuni ayniqsa ilmiy tadqiqot ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga har bir sohada ziddiyat qonunini buzish hollari uchrab turadi. Masalan, badiiy asarlarda bir obrazga ikki qarama-qarshi tavsif berilishi, ilmiy ishlarda zid fikrlarning ilgari surilishi, ayrim yig‘ilishlarda korxona va tashkilotlarning faoliyatini tanqid qilib, oxirida uning ishini "qoniqarli" deb topilishi ziddiyat qonunining buzilishidir.

UCHINCHISI ISTISNO QONUNI


Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonunining davomi, uning yanada rivojlantirilishi, chuqurlashtirilishidir. Fikrlash davomida vujudga kelgan ikki imkoniyatlardan birini tanlash zaruriyati tug‘ilganda unga amal qilinadi.
Unutmang!
Bu qonun quyidagicha ifoda etiladi: "Bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas". Formulasi A yoki B yoki V emas.
Fikrimizning isboti uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik:
1. "Bu kitob foydali" "Bu kitob foydali emas".
2. "Bu yigit FarDU talabasi", "Bu yigit FarDU talabasi emas".
3. "Hech bir olim arxitektor emas", "Ba’zi olimlar arxitektor".
4. "Agar havo aynisa yomg‘ir yog‘adi", "Agar havo aynimasa, yomg‘ir yog‘maydi".
Bu hukmlarning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas. Demak, bir predmet yoki buyum haqidagi ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida va bir nisbatda birdaniga chin ham, xato ham bo‘la olmaydi, biri chin bo‘lsa ikkinchisi xato va aksincha, uchinchi imkoniyat mavjud emasdir. Yoki o‘rtacha, oraliq holatning, imkoniyatning bo‘lishi mumkin emas.
ETARLI ASOS QONUNI
Qonun shunday ifodalanadi: Muayyan muhokama jarayonida bildirilgan har qanday fikr etarli darajada asoslab berilishi kerak. Bu qonun talabiga ko‘ra to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilgan har qanday fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi qonunlar, aksiomalar va dalillar asosida isbotlab berilishi zarur. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilayotgan har qanday hukm etarli darajada isbotlab berilishi shart.
"O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat" deb aytilishi jarayonida mamlakatimizning tabiiy muhiti (ob-havo, tuprog‘i, tabiiy boyliklari, etishtirilayotgan dehqonchilik, chorvachilik, poliz, sabzavot va boshqa ekinlar), iqtisodiy (O‘zbekiston iqtisodiyoti) va intellektual (vatanimizning boy tarixi, an’ana, urf-odatlari) imkoniyatlari haqida gapirilib o‘tilsa, fikr yanada ishonarli chiqadi.

Download 186.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling