3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja
Download 186.52 Kb.
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ) Kasb mahorati madaniyati
- Hukmron madaniyat
- O’rganish bo’lib qolgan madaniyat
- Ixtisoslashgan madaniyat
Madaniyat – ramzlar, inonch–e’tiqodlar, qadriyatlar, mezonlar, yig’indisidir. Madaniyatda mazkur jamiyat, millat, guruhlarning xarakterli xususiyatlari ham o’z ifodasini topadi. Jamiyat, millat, guruhlar aynan o’z madaniyati bilan farqlanadi. Xalq madaniyati – uning hayot tarzi, kiyimlari, yashash maskani, oshxonasi, xalq og’zaki ijodi, diniy tasavvurlari, inonch–e’tiqodlari va boshqalardir.
Madaniyatga ijtimoiy–maishiy asbob–uskunalar, jamiyatda qabul qilingan xushmuomalalik imo–ishoralari va salomlashuv, yurish tarzi, muomala etiketi, gigiena odatlari va hokazolar ham kiradi. Aksariyat madaniy tushunchalar va qarashlar avloddan–avlodga o’tib boraveradi3. Madaniyat sohalari bo’yicha quyidagicha tasnif qilinadi: a) Iqtisodiy madaniyat (bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot madaniyati, ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, mehnat madaniyati kabi turlarni o’z ichiga oladi). b) Siyosiy madaniyat: jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot ko’rsatkichlari – shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir. Bu huquqlar xalqaro mezonlarga mosligi, amalda qo’llanishi, partiyalar o’rtasidagi kurashlarning usul va shakllari va hokazolar bilan belgilanadi. Siyosiy madaniyat - insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy - huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarga aloqadordir. Bu madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga, jamiyatning siyosiy faoliyatiga bog’liq holda vujudga keladi. Siyosiy madaniyat inson faoliyatining bir ko’rinishi bo’lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini qamrab oladi. Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga ta’sirida namoyon bo’ladi. Ma’naviy tomondan esa tabaqalashtirilgan ijtimoiy munosabatlarni anglab etish, dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g’oyalarni targ’ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni hayotga tatbiq qilish omillaridir. v) Kasb mahorati madaniyati : aniq mehnat turi bilan bog’liq maxsus nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar yig’indisidan iborat. g) Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur jamiyatdagi yosh avlodga etkazishdan iborat. d) Ekologik madaniyat – inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib borayotgan sohadir. Ekologik madaniyatga ayniqsa G’arb olimlari alohida yondashib, atrof muhit omillaridan kelib chiqqan holda madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy sharoitlarga ko’nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo’jalikning, yashash binolarining, mehnat qurollarining, kiyim va urf–odatlar ma’lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o’simliklar va hayvonot olami, temperatura va boshqa ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va Afrikaning sahro va cho’l hududlarida sult mahsulotlari go’sht mahsulotlariga qaraganda muhim o’rin egallaydi. Dunyoning boshqa hududlarida esa o’simlikdan tayyorlangan ovqat go’shtli ovqatlarga nisbatan yuqori o’rinda turadi. Keyingi bir necha yuz ming yil davomida insonlarning oshqozon–ichaklari uzunligi qisqarib ketdi. Olovda pishirilgan ovqatning hazm bo’lishi xomini hazm qilishga nisbatan osonroq bo’lib qoldi, taraqqiyot bu vaziyatni hisobga oldi. Ovqat hazm qilish a’zolarining solishtirma og’irligi qisqarishi esa boshqa a’zolarning rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yaratib berdi, a’zolarning qon bilan ta’minlanishi yaxshilandi. Balki, bu holat inson miyasining taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Umuman, insoniyat er yuzida olg’a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki ma’lum geografik sharoit bilan bog’liq xo’jalik–madaniy ko’rinishi paydo bo’lgan. Insonlar ma’lum geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar. Ko’rinishlari bo’yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi: a) Hukmron madaniyat – mazkur jamiyat a’zolarining ko’pchiligi istifoda etadigan qadriyatlar, inonch–e’tiqodlar, an’ana va urf–odatlardan iborat. b) Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan odamlar o’rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va b.lardan iborat. v) Shahar madaniyati – yirik va qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan sanoat va ma’muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Evropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas, balki ishlab chiqarish sohasiga ko’ra ham farq qiladi: to’qimachilik sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo’lgan shaharlar, kurort shaharlar, harbiy shaharchalar borki, bularning har birida o’ziga xos madaniyat mavjud. b) O’rganish bo’lib qolgan madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda kundalik hayot ko’nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko’rinishi oilada, tengdoshlar, qarindosh urug’lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab ta’limidan va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va ko’nikmalardan iborat bo’ladi. v) Ixtisoslashgan madaniyat – fan, san’at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to’liq egallagan va o’z sohalari bo’yicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir. Madaniyat paydo bo’lishi va darajasiga ko’ra quyidagi shakllarga ega: a) Yuksak madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san’atni, mumtoz musiqani va adabiyotni o’z ichiga oladi. b) Xalq madaniyati – ommaviy va xalq og’zaki ijodi madaniyatini o’z ichiga olgan madaniyat shakllari bo’lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog’liq holda yaratilgan qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, qo’shiqlar, folklor ansambllari, xalq og’zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa janrlar mansub. v) Ommaviy madaniyat – baylanmilal va milliy ko’rinishga ega bo’lib, keng auditoriyaga mo’ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har qanday yangi hodisalarga ta’sir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, tsirk, radio, televidenie va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir. Bulardan tashqari, badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi kompleks ko’rinishlar ham bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy madaniyatga mansub. San’at ham badiiy madaniyatning bir qismidir. Jismoniy madaniyat keng ma’noda tanani jismoniy mashqlar yordamida tarbiyalash, sportga asosiy mashg’ulot turi sifatida qarash, sog’lom turmush tarzini kechirish, ya’ni chekish, ichkilikbozlikdan voz kechib, jismoniy mashqlar, kulturizm bilan shug’ullunish, yuzni plastik operatsiya va kosmetika qildirish, ozish, sport va havaskorlik raqslari, raqs bo’yicha o’tkaziladigan xalq sayillari va musobaqalari, tanani har xil illatlardan, jarohatlardan zamonaviy va an’anaviy tibbiyot yordamida xalos qilishdan iborat. Download 186.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling