3-mavzu: mantiq. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


Download 186.52 Kb.
bet8/26
Sana17.06.2023
Hajmi186.52 Kb.
#1541341
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
3-Mavzu

Gipoteza
Gipoteza – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi. Issiqlik dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri fransuz injeneri Sadi Karno birinchi bo‘lib faqat issiqlikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi va aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan issiqlikning namoyon bo‘lish sababi uning tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik – teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga tayanuvchi teplorod konstepstiyasini ham to‘g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar (temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat’i nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasi ish hajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich haroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglotardi. «Karno prinsipi» keyinchalik termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan.
Keltirilgan misolda Sadi Karnoning gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini payqab olish qiyin emas.6
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikastiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi.
Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda ilgari surilgan fikrlarga etarli asos bo‘la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikastiya qilinishi kerak.
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli bilim bo‘lmasa, uni tasdiqlash (bu ko‘proq asoslari ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo‘lgan miqdorga etkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan hollarga tegishli).
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan “Karno prinsipi”ni unga qilingan ko‘p hujumlardan himoya qilgan. Bu prinsipni tasdiqlash maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o‘z holicha sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘ta olmaydi.7 Bu erda urg‘u aynan shu “o‘z holicha o‘ta olmaslikka” beriladi, chunki amalda “majburan” o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud bo‘lib, u muayyan kompensastiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) holatning yuzaga kelishi bilan birgalikda kechadi.

Download 186.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling