3-mavzu. Marketing muhiti
Download 381.57 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
Ilmiy-texnikaviy muhit bevosita ilmiy texnika taraqqiyoti (ITT) ta'sirida shakllanadi va
shuning uchun talab va uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilaydigan eng muhim omil bo’lib hisoblanadi. Boshqa tomondan esa ITT ta'siri marketing muhitining boshqa sohalari, jumladan, demografik, siyosiy va hokazolar ta'siridan kuchli bo’ladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ITTni belgilaydigan sohalarga asosiy e'tibor beriladi, jumladan: informatika va hisoblash texnikasi; ko’p marta ishlatiladigan fazoviy texnika; biotexnologiya; qattiq jismli elektronika; robototexnika; materialshunoslik; noan'anaviy energiya manbalari bilan ishlash texnologiyasi; ekologiya; tug’ilishni tartibga solishning samarali usullari va hokazo. ITT, madaniy va etnik muhitning muammolari bir-birining ichiga singib ketgan va yangi muammolarni vujudga keltiradi. Ular o’z navbatida jamoatchilik e'tiborining yangi ob'ektlariga aylanadi, talabni tartibga soladi. O’zbekistonning yaqin yillardagi rivojlanish xususiyatlari o’tish davri bilan, ya'ni tizimli o’zgarishlar davri bilan bog’liq (ma'naviyaxloqiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalarda). Iqtisodiy jihatdan, xususan, quyidagicha o’zgarishlar qilinishi zarur: Iqtisodiy munosabatlarni yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi tizim orqali tartiblashtirishdan (narx, ish haqi, tovar oqimlarini taqsimlash) Narxlashtirishni real talab va tovar, xizmatlarga mos taklifning shakllanishi asosida erkinlashuviga, narx va daromadga fiskal, moliyaviy-huquqiy usullar bilan ta'sir etish Iqtisodiyotni resurslarni limitlash, fondlashtirish va kvotalash orqali boshqarish, zarar bilan ishlaydigan korxonalarga ko’maklashish maqsadida moliyani qayta taqsimlashdan Ochiq banklar, zararli va norentabel korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi orqali, shuningdek, milliy iqtisodiyotda erkinlashuv va protektsionizm siyosati orqali resurslarga etishishga Tabiiy resurslardan foydalanish evaziga rivojlanishining ekstensiv yo’lidan Yuqori texnologiyalar, ilg’or boshqaruvchilik qarorlari asosida iqtisodiyotning intensiv rivojlanishiga Korxonalarning davlat tomonidan doimiy saqlab turilishidan, mablag’lar va moddiy vositalarning me'yordan ortiq sarflanishi, mahsulot tannarxini oshirishdan Rejalashtirilmagan xarajatlarni qat'iy cheklash, mahsulot tannarxini real xarajatlarni hisobga olish orqali tartiblashtirishga Ijtimoiy-madaniy, ma'naviy-axloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo’lsa ham, ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining omili bo’lib hisoblanadi. O’zbekistondagi madaniy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari fuqarolar, hokimiyat tuzilmalarining umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlari va demokratiyani o’zlashtirishlari bilan belgilanadi. Bu yo’nalishlar oxirgi yillarda jadal ravishda Sharq va islom falsafasi va madaniyati, aholining yashash tarzi va mentalitetining an'anaviy qadriyatlari bilan o’zaro aloqada bo’lmoqda. Milliy o’z-o’zini anglash, ma'naviyat va madaniyatning tiklanishi, aholining tobora keng qatlamlari tomonidan qabul qilinayotgan tarzda, o’zini etnik ideallashtirish va yakkalanishni bildirmaydi. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning progressiv andozalariga etishishga yo’naltirilganlik tobora barqarorlashmoqda. Jahonning madaniy, axborot va demokratik makoniga qo’shilish ehtiyoji, shuningdek, g’arb va Sharq tsivilizatsiyalarining uyg’unlashuvi, ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning mutloq ko’pchiligiga yoyilmoqda. Hamma darajalarda - shaxs, oila, qo’shnichilik jamoasi - mahalla, shahar va qishloq, ijtimoiy va milliy guruhlar va umuman, jamiyat miqyosida madaniyatning ustuvor ahamiyatini anglash o’sib bormoqda. Shunday qilib, Download 381.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling