23-chizma. Korxonaning ichki muhiti (mikro-muhit)
Korxonaning
umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori rahbariyat
tomonidan aniqlanadi.
Ta'minotchilar - bu kelishilgan shartnomalarga ko’ra firmani xom ashyo
materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va
hokazolar bilan ta'minlab turuvchi korxonalar. Ular uch turga bo’linadi:
eksklyuziv, qonun-
qoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari - faqat mazkur firma
bilan hamkorlik qiladilar,
ikkinchilari - firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat qo’rsatadilar,
uchinchilari - faqat
raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki,
eksklyuziv ta'minotchilarga
etarlicha katta hajmdagi
faoliyat sohasiga ega bo’lgan, bunday ta'minotchiga barqaror ishni ta'minlay olgan firma ega
bo’lishi mumkin. Qonun-qoidaga rioya qiladigan ta'minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin
munosabatlarni
saqlab turish kerak, chunki ular firma haqida ham,
uning raqiblari haqida ham
boy axborot manbai bo’lib maydonga chiqishi mumkin.
Ta'minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga ta'sir
ko’rsatadi va resurslarning kamchiligi, tovar jo’natishdagi
uzilishlar, albatta, sotish hajmiga va
pirovard korxonaning izzat obro’iga ziyon keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: