ko’p foydalanuvchisiga ega saytdir.
Ushbu veb sahifa ham Odnoklassniki (odnoklasniki.ru), www.sinfdosh.uz
ijtimoiy tarmog‘lari yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina
ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslashtirilgan
Bundan tashqari
qiziquvchilar quyidagi veb sahifalarni ham ko‘rishlari mumkin: Last.fm, Linjedln,
MySpace. Bularning yaratilish maqsad va vazifalari ham yuqorida keltirilgan veb
sahifalar bilan o‘xshash.
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan
shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb
sahifalar tahlil qilinsa quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:
1.
Foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tishmaydi;
2.
Nomaqbul foto sur’atlar qo‘yishadi;
3.
O‘zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadi;
4.
Bema’ni gaplar yozadilar, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanadi;
5.
Sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatadilar va
hokoza.
Demak, Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan,
shu jumladan shaxsiy
ma’lumotlardan foydalanish madaniyati deganda,
yuqorida keltirilgan salbiy
holatlar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi. Unutmaslik kerakki,
ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo‘yiladigan ma’lumotlar
boshqa
shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi
mumkin. Shu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u erdagi ma’lumotlarning
haqqoniyligiga,
Sizni aldashmayotganligiga iqror bo‘lib, so‘ngra ma’lum bir qarorga kelish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: