3-mavzu: media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja: Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi


Download 212.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana31.03.2023
Hajmi212.45 Kb.
#1313192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza 3

Intranet - bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida 
tashkil etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv 
ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona 
informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog`idir. Intranet boshqa 
kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan 
tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar bazasi va 
fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday 
nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi
zarur bo`ladi. Server - bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat 
ko`rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Yani boshqa kompyuterlarga 
o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi 


kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha Server ishlashi 
mumkin. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning 
foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet 
tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va ma'lumotlar bazasini 
giperbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muxit qurish
unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet 
tarmog`ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, 
sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda 
tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog`ining 
dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va 
tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi 
dasturlar. Internet tarmog`ining axborot ta'minoti Internet tarmog`ida mavjud 
bo`lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb- sayt va 
hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. 

Download 212.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling