3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja
Diniy tahdid jarayonini harakatlantiruvchi sub'ektiv omillar
Download 180.53 Kb.
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- DINIY TAHDIDNING NAMOYON BOLISH XUSUSIYATLARI
Diniy tahdid jarayonini harakatlantiruvchi sub'ektiv omillar:
– mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularning muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayondir. Shu o'rinda keltirib o'tish kerakki, mafkuraviy tarbiya uch xil ko'rinishda bo'lishi mumkin: diniy qarashlarni singdirishga yo'naltirilgan; dunyoviy qarashlarni ma'lum bir maqsad sari mutloqlashtirishga yo'naltirilgan; uchinchi millat yoki davlat tomonidan amalga oshiriladigan amaliyot turi. Bu jarayonda ikki millat yoki davlatni o'zaro ziddiyatli vaziyatga tushirish orqali, ma'lum maqsadga erishish tushuniladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida bu usuldan foydalanish keng tus olmoqda. – Zamonaviy «din peshvolari». Bugungi kunda bunday kishilarda diniy tahdidni amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, din niqobi ostida alohida shaklda uyushgan zo'ravonlik, harbiy-siyosiy maqsadlarga yo'naltirilgan tashviqotchilik tizimi (internet, audio, video tarqatmalar va hok.), turli mazmundagi ma'ruzani yetkazish usullari va ta'sir o'tkazish natijalariga ko'ra urush olib borish maydonlari. Eng muhimi ularda inson ongi uchun kurashning ijtimoiylashgan barcha (o'ta tajovuzkor, uyushgan, mafkuraviy tayyorgarlikdan o'tgan) yo'nalishlarini rag'batlantiruvchi tizim mavjud bo'lib, natijada diniy peshvolik bilan mashg'ul bo'lgan sub'yektlarning aksilijtimoiy faoliyatini o'zida aks ettiruvchi harakatlar majmui oshib bormoqda. DINIY TAHDIDNING NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI XX asr insoniyat tarixida jahon urushlari sodir bo'lgan asr sifatida talqin etiladi. Bunga qarama-qarshi o’laroq XXI asrda madaniyatlararo muloqot, ma'naviy integratsiyalarning jadallashishi, ilmiy-falsafiy va ruhiy-ma'naviy taraqqiyot yo'llari kesishishi, mafkuralar raqobatlashuvi insoniyat taqdirida tinchlik masalasini jiddiy xavf ostiga qo'ymoqda. Shuning uchun ham, globallashuv davrida jahon hamjamiyatining asosiy diqqat-e'tibori sivilizatsiyalar muloqotini targ'ib etishga qaratilmoqda. Din va dinlararo muloqot bu borada katta ahamiyat kasb etadi. Dinning butun insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati qanchalik muhimligini uning barcha davrlarda inson hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi, insoniylik tuyg'ularini shakllantiruvchi, axloqiy ideallik tushunchalarini mustahkamlovchi oliy tizimlardan biri sifatida namoyon bo'lib kelayotganidan ham bilish mumkin. Ammo bugungi shiddatli davrda din niqobi ostida turli-xil tahdidlarni amalga oshiruvchi kuchlarning ko'payib borayotganligi, insonni ezgulik, mehrlilik, yaxshilik qilishga chorlovchi din tushunchasiga nisbatan nomaqbul tamg'alarni ishlatilishiga ham sabab bo'lmoqda. Xususan, inson ruhining ulkan yutug'i va dunyoqarashining haqiqiy inqilobi sifatida paydo bo'lgan yahudiylik, xristianlik va islom kabi etik (yuksak axloqqa asoslangan) dinlarning paydo bo'lishi insoniyat uchun katta yutuqdir aslida. Ammo ayni vaqtda ularga xalqlar o'rtasida o'zaro diniy kelishmovchilik va raqobatni yuzaga keltiruvchi dogmatik (aqidaviy) dinlar sifatida baho beruvchilar ham topilmoqda. Aslida, bu kelishmovchiliklarning bosh sababchisi din emas. Chunki, din niqobida hokimiyat uchun kurashuvchi noqonuniy sektalarning ko'payib ketayotgani e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Bugun global tus olib borayotgan muammo din yoki dinlar o'rtasidagi ziddiyatlarga bog'liq emas. Chunki, inson ruhiyati bilan bog'liq bo'lgan e'tiqod va unga munosabat masalasiga ta'sir ko'rsatuvchi bir qator omillar borki, bular ma'lum ma'noda e'tiqodsizlikning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Aynan mana shu tushuncha insonlarni diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm va boshqa kuchlar ta'siriga kirib qolishiga omil bo'lmoqda. Boshqacha qilib aytganda, dinlar o'rtasidagi ziddiyatlar jamoatchilikning asosiy e'tiboridan chetda qolib, insonning ruhiy kechinmalari, ishonch va e'tiqodi o'zgarib ketishiga sabab bo'layotgan «e'tiqodsizlik» avj olmoqda. Bu esa, insoniyat sivilizatsiyasida alohida ahamiyat kasb etib kelayotgan axloqiy normalarning yemirilishiga, keng jamoatchilikni dinga bo'lgan ishonch tuyg'usini o'zgarishiga yoki «diniy fanatizm» sifatida shakllanishiga olib kelmoqda. Aynan mana shu holat diniy tahdid soluvchi kuchlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu esa jamiyatdagi ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tanazzul sari yetaklamoqda. Shu o'rinda bir savol: inson qachon diniy tahdid soluvchi kuchlar ta'siriga tushib qoladi? Ushbu savolga turli shakldagi ko'plab javoblarni berish mumkin. Ammo biz bir nechta oddiy javobni ko'rsatamiz. Masalan, Islom dini doirasidagi g'oyalarga e'tibor qaratilsa, binobarin, bugungi kunda aksariyat kishilar islomga e'tiqod etishning eng birlamchi farzlarini ham bilishmaydi. Ko'r-ko'rona dinga ergashish oqibatida esa din va dunyoviylik o'rtasidagi farqni unutib qo'yishmoqda. Jumladan, Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'on»da keltirib o'tilgan oyatlarning katta qismi insoniylik, vatanparvarlik, mehr-oqibatlilik, sadoqatli bo'lish, ota-ona hurmatini saqlash kabi aqidalarni o'z ichiga olgan. Lekin biz bu yuksak g'oyalarning qay biriga yetarlicha amal qilmoqdamiz? Achinarli hol shuki, yuqorida keltirib o'tilgan tushunchalarning ko'pchilik qismi biz uchun unut bo'lmoqda. Xususan, «insoniylik» o'rnini manfaatdorlik hissi egallab bormoqda. Bu – o'z moddiy ehtiyojimizni qondirish uchun har qanday razillik yo'lidan qaytmayotganligimizda ko'rinmoqda. Ikkinchidan, din va dunyoviylikka bo'lgan «sadoqat»ning yemirilib borayotganligidir. Chunki, bugungi kunda ko'pchilik insonlar orasida o'zi e'tiqod etayotgan diniga nisbatan, oilaga nisbatan, eng asosiysi insonning o'z-o'ziga yoki o'zligiga nisbatan sadoqati yemirilib borayotganligi achinarli holdir. Aynan mana shu qadriyatlarning yemirilishi diniy adovatlar, e'tiqodsizlik ko'rinishlari, diniy tahdidlarga uchrash kabi holatlarda namoyon bo'lmoqda. Diniy tahdidga uchramaslik uchun jamiyat nimalarga e'tibor berish kerak? Mulohaza: Birinchidan, oilada ta'lim-tarbiya beruvchi ota-onalar o'rtasida din va uning mohiyati, bugungi kunda dinni o'zgartirishga qaratilgan harakatlarning maqsadi haqida ma'lumotlar berib borish, doimiy ommaviy profilaktika ishlarini kuchaytirish zarur; Ikkinchidan, dinga bo'lgan noto’g'ri munosabat shakllanishining ijtimoiy taraqqiyotga, insonning ma'nan yetuk, barkamol bo'lib shakllanishiga nisbatan salbiy ta'siri to'g'risida barcha o'quv muassasalarida targ'ib-tashviqot ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish kerak; Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarida kundan-kun chuqur kirib kelayotgan salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan ko'rsatuvlarni ko'proq tayyorlash va namoyish etib borishni kengaytirish zarur. Download 180.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling