3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja


Download 180.53 Kb.
bet27/27
Sana15.08.2023
Hajmi180.53 Kb.
#1667170
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
3-Mavzu

Inkorni inkor qonuni - dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor" taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obʼyektiv harakteri shundaki, u har bir narsa va hodisaning oʻz ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday yemirilish va yoʻq boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin boʻlib xizmat qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor) ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud boʻlgan narsa va hodi-sa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitning oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik inkor etilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni hami-sha ikki yoki undan koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi halqasida, ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi baʼzi belgilari qayta tiklanadi (don — oʻsimlik va yana don). Boshlangʻich shaklni inkor qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qoʻshaloq inkor mazkur boshlangʻich shakldagi baʼzi tomonlarga xos belgilarning qayta tiklanishiga olib keladi.
Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb taʼriflash mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot toʻgʻri chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega boʻlib, bu doirada oxirgi nuqta boshlangʻich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori asosda sodir boʻlishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega boʻladi. Bu buramaning har bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu maʼnoda ta-raqqiyotning dialektik nazariyasida "buramasimon" soʻzi ishlatiladi.
Koʻpincha inkorni inkor jarayonini "tezis" (taraqqiyotning boshlangʻich nuqtasi), "antitezis" (birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu uchlikda deb tushuntiradilar.
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab boruvchi rivojlanish sodir boʻladi


Download 180.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling