3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja
Yoshlar mediakontentni do‘stlariga tavsiya etadi
Download 180.53 Kb.
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi
- Media va ijodkor yoshlar
- Ijodkor yoshlar mediakontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida
3. Yoshlar mediakontentni do‘stlariga tavsiya etadi.
Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro‘ yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi. 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o‘zida medianing bir necha turi qo‘llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o‘zida radio tinglashi, jurnal o‘qishi va Facebookda do‘stlari bilan muloqot qilishi mumkin. 5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo‘ladi. Deyarli barcha o‘smirlarning qo‘lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3-pleer bo‘ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. Makondagi joylashuvni o‘rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol misol bщla oladi. Media va ijodkor yoshlar Media turli ideal, qadriyat va dunyoqarashlarni taklif etadi. Kasbiy nuqtai nazardan, yoshlar taqdim etilayotgan media modellar orqali o‘zining ijodiy qiyofasini belgilab oladi, turli mass-medialarda yetakchilik qilayotgan ustoz-jurnalistlar imiji bilan o‘zini qiyoslab ko‘radi. Teleko‘rsatuv, ijtimoiy media va kontentning boshqa ko‘rinishlari vositasida ijodkor yoshlar shaxsiy kontenti orqali o‘z qadriyatlarini va olam bilan munosabatlarini shakllantiradi. Yaratilayotgan mediaresurs orqali ular o‘z tengdoshlariga ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy xulq-atvor va xatti-harakatning ma’lum modellarini taklif etishi mumkin. Ijodkor yoshlar mediakontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida Ijodkor yoshlar boshqa tengdoshlaridan o‘zini namoyon etishga bo‘lgan alohida intilishi bilan ajralib turadi. Ushbu jihat ular shaxsi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida o‘zining maqsad sari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda gap ijodkor shaxs mustaqilligi, fikr va his-tuyg‘ularining anglanganligini nazarda tutuvchi o‘zlik haqida bormoqda. Shuning asosida ijodkor yoshlarda izchil tarzda yuqori darajadagi mustaqillik, o‘zini anglash va aniq natijalarni ko‘zlash asosida yuzaga keluvchi tanqidiy tafakkur shakllanadi. Shubhasiz, yoshlarning o‘ziga baho berishi va o‘zligini anglashi tashqi ta’sirlardan holi bo‘lmaydi. Media ularga o‘ziga xos tarzda bosim o‘tkazadi. Chunki odatda, ular o‘zini namoyon etayotgan mediaresurs boshqalarning mehnati mahsuli ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda o‘z ichiga turlicha yo‘nalish va mazmundagi qadriyatlarni olgan mediaxabarlarni tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmasining mavjudligi muhim. Mediata’lim ijodkor yoshlarning ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida turli imkoniyatlarni taklif etadi. Bu o‘rinda ularning o‘zlikni namoyon etishning qudratli vizual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ularda taniqli mediashaxslarga taqlid qilishni emas, balki yosh o‘zining fe’l atvorini, kasbiy qiyofasini, ijodiy “men”ini yaratish va mustahkamlashga xizmat qiladigan shaxsiy xatti-harakat modelini shakllantirish muhimdir. Download 180.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling