3-mavzu: Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja


Download 180.53 Kb.
bet14/27
Sana15.08.2023
Hajmi180.53 Kb.
#1667170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
3-Mavzu

Ikkinchidan, diniy e'tiqodning siyosiylashuvi. O'rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimir shunday degan edi: «Din – samoviy ishdir, siyosat – dunyoviy ishdir, din peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta'lim-tarbiya berishlari lozim»1 . Afsuski o'z vakolati va darajasidan foydalanib, din sofligiga rahna solinishiga sababchi bo'layotgan «peshvolar» ham topilmoqdaki, ularning faoliyati jamiyat va inson tadrijiyligiga faqat va faqat zarar keltirmoqda. Natijada ular orasidan yetishib chiqqan ayrim yetakchilar fikricha dinning siyosat va siyosiy hayotga betarafligi butunlay nojoizdir, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqish, ijtimoiy hayotda din ustuvorligini ta'minlash eng to'g'ri yo'ldir. Ming afsuski bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi davrda turli yo'nalishlardan inson ongiga ta'sir etib, nafaqat inson, balki jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Uchinchidan, din bayrog'i ostida iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga harakat qilish. Aslida dinning bo'linishi ham siyosiylashuvi ham iqtisodiy imkoniyatlar bilan chambarchas bog'liqdir. Masalan, jahon dini hisoblangan buddaviylik ta'limoti jamiyatning kastalarga bo'linishini inkor etadi. Ammo Hindistondagi ijtimoiy muhit (insonlar o'rtasidagi tabiiy tabaqalanish) kastalarga bo'linishni saqlab qoldi, buning natijasida buddaviylik davrida ham tabaqalanish o'z kuchida qoldi. Mantiqan o’ylab qarasak, bu jarayonda ham bitta asosiy sabab mavjud edi, ya'ni iqtisodiy manfaatning ustuvorligi. Hind mutafakkiri M. Gandi ham diniy qoida va an'analarga sodiq qolgan holda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi kurash olib borgan. Jamiyatning kastalarga bo'linishini va ular o'rtasidagi tengsizlikni qoralagan. Xotin-qizlarning tengligi va ularning haq-huquqi uchun kurashgan, ammo jamiyatdagi tabaqalanishni tugata olmadi.
Xristianlik dini tarkibida katolik, pravoslav, protestantlik yo'nalishlarini paydo bo'lishida nima sabab bo'ldi! iqtisodiy manfaat va tafovutdan boshqa sabablar ikkinchi darajali hisoblanadi. Tarixiy fakt: o'rta asrlarda aholi daromadning o'ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to'lagan. Ruhoniylar tushumlarni ko'paytirish maqsadida xizmat to'lovlari miqdorini oshirib borish bilan birga mansabni suiste'mol qilish, tamagirlik, poraxo'rlik kabi vositalardan foydalanar edilar. Birgina misol, indulgensiyalar (lotincha ihduigehtia – rahm-shafqat degan ma'noni anglatadi) joriy qilib, uni sotishni keng yo'lga qo'yish asnosida katta iqtisod qilganlar.
Islom dinidagi ilk bo'linish ham moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa emas. Xususan, VII asrning o'rtalarida turli guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun o'zaro kurashlari natijasida paydo bo'lgan bo'linish zamirida ma'naviy barkamollikni saqlab qolish emas balki, hukmronlikka erishish asnosida iqtisod qilish yotganligi oddiy haqiqat.

Download 180.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling