3-Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimning huquqlari va majburiyatlari


-modda. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish


Download 120.67 Kb.
bet15/22
Sana29.08.2023
Hajmi120.67 Kb.
#1671336
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
3-mavzu

20-modda. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish
Tashkilotlar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlarni, plakatlarni, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobidan hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalarining, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, mavjud vositalarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish hisobidan olingan qismiga qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq solish belgilanishi mumkin.
21-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqning kafolatlari
Mehnat shartnomasining shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Fuqarolarni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish taqiqlanadi.
Fuqarolarni sog‘lig‘i va hayotiga yuqori darajada xavf tug‘dirishi mumkinligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish chog‘ida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay o‘tkazishi shart.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazishda xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi.
22-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish;
o‘z ish o‘rnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan o‘tkazilishi uchun so‘rovnoma berish;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchidan undirish;
o‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o‘rni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodim:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 120.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling