Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional oʻrta maktablarda va OOʻYularida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi bilan bogʻliq. Ma’lum bir kasb uchun zarur boʻladigan maxsus malaka va texnik bilim firma ichidagi oʻqitish jarayonida beriladi. 4. Yuqori oʻrta texnik maktablarning ahamiyati. Yaponiyada yuqori oʻrta maktablar umumta’lim va kasb maktablariga boʻlinadi. 1990 yilda yuqori oʻrta maktab oʻquvchilarining 13 % texnika maktablari hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 2000 yilda 10 %ga, va 2004 yilga kelib 8 %ga tushib qoldi. Natijada yuqori qobiliyatli texnika oʻquvchilarini yigʻib olish qiyin boʻlib qoldi. Korxonalar oddiy maktabdan koʻra texnika maktab bitiruvchilarini ma’qul koʻrishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadi. Texnika maktablari oʻrta boʻgʻin muhandis-texnik xodimlarini tayyorlashga moʻljallangan boʻlsa-da, hozirgi kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq oʻrinlarga ham ishga joylashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |