Zamonaviy menejment asoslari muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy fanlar — milliy xo‘jalikni rejalashtirish, bashorat qilish, statistika, makro-mikroiqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya, kredit, rejalashtirishning ekonometrik usullari, psixologiya, pedagogika, huquqshunoslik, iqtisodiyot nazariyasi, marketing kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqarish obyekti orasidagi o‘zaro munosabatdir. Ichki bozorda muvozanat usuli, firmaning olayotgan foydasi bo‘yicha narxini baholash, ayrim qismlarini baholash, firma qiymatining bo‘lishi mumkinligiga, sarmoya kiritish vaqgiga keladigan daromadga, firmani qulay joyga joylashishiga qarab baholashga to‘g‘ri keladi. Bularning har birini ishlata olish menejerdan bilim talab qiladi. Har bir firmaning ichida o‘ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. Ichki bo‘lim va bo‘linmalardagi turli jarayonlar, meyorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya boshqaruv apparatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda salmoqli o‘rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, marketingli boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, menejmentning asosiy vazifalari quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanishi mumkin: Bunda salmoqli o‘rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, marketingli boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, menejmentning asosiy vazifalari quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanishi mumkin: - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish (texnologik faoliyat); - tijorat faoliyati (harid qilish, sotish va almashtirish); - moliyaviy faoliyat (sarmoyani izlash va oqilona foydalanish); - xavfsizlik faoliyati (aholi mulkini muhofazaqilish); - ekkaunting (tahlil qilish, hisobga olish, statistika); - boshqarish faoliyati (rejalashtirish, marketing, tashkil etish vazifasi, taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazorat).
Do'stlaringiz bilan baham: |