3-mavzu: Meva o’simliklarining o’sishi va rivojlanishi haqida ta’limot. Reja
SHoxlarning shakllanishi va ko’chatning o’sishi
Download 46.62 Kb.
|
3-ma\'ruza
2. SHoxlarning shakllanishi va ko’chatning o’sishi
Mayda shoxlar bo’g’im oraliqlari kalta, nisbatan sust o’sadigan ko’p shoxlardan tashkil topadi. Ular asosiy shoxlar shakllanadigan (yuqori qismidan tashqari) novdalarda hosil bo’ladi. Mevalar va barglarning asosiy qismi mayda shoxlarda bo’ladi. Dastlab ular yosh tanadan, keyin yuqori shoxlardan o’sib chiqib, har xil tartib novdalarga o’tadi. Mayda shoxlarda(daraxt hosilga kirganda) gulkurtaklar shakllanadi. SHuning uchun yosh meva daraxtlarida birinchi hosil, odatda, shox-shabba orasi(ichi) da tugiladi, chekkalarida esa ko’pincha vegetativ novdalar o’sib chiqadi. Mayda shoxlar juda sekin, ayniqsa hosil shoxlarida yiliga bir necha millimetr o’sadi, xolos. Juda sust (1-2 mm) o’sganda hosil shoxlar va xalqachalar juda kamdan-kam gullaydi va yanada kam meva tugadi. Yangi o’sib chiqqan kalta novdalarda barglar qalin joylashgan bo’lib, ular katta assimilyatsiya yuzasi hosil qiladi, shuning evaziga mayda shoxchalar vegetativ shoxlarga qaraganda ko’p oziq olib, o’zining rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. Barglar maydonining yillik novdalar uzunligiga nisbati asosiy shoxlarda kichik. Mayda shoxlarda, ayniqsa hosil, xalqali va dasta shoxchalarda yillik o’sish ancha erta tugallanadi; nayzasimon shoxcha va hosil chiviqlari birmuncha uzoq yashaydi. Mayda shoxchalar individual rivojlanish jarayoni jadal o’tadi va shox-shabbada o’xshash joylashgan bir xil yoshdagi asosiy shoxlarga qaraganda tez nobud bo’ladi. Asosiy (skelet) shoxlar bilan mayda shoxlar orasida katta farq bor. Asosiy shoxlarda o’sish kuchi katta, mayda shoxlarda esa sust. Urug’li mevalarda mayda shoxlar O’zbekiston sharoitida o’rtacha 7-8 yil, o’rik, shaftoli, olxo’ri, butasimon olchada 2-5 yilgacha, daraxtsimon olcha va gilosda 2-10 yilgacha yashaydi. Uzoq yashashda bunday farq bo’lishiga sabab, danakli mevalarning ko’pchilik novdasida bitta generatsiya o’rniga bir vegetatsiya mavsumida barg chiqaradigan shoxchalarning 2-3 ta generatsiyasi sodir bo’lishidadir. Normal sharoitda oldin mayda shoxlar, keyin asosiy shoxlar nobud bo’ladi. Mayda shoxlar yangi novdalar va shoxchalarning doimiy yo’ldoshi bo’lganligi tufayli shox-shabbada asosiy shoxning doimiy va navbati bilan yalang’ochlanishi kuzatiladi. Bu hodisa tana va birinchi tartib shoxdan yuqoriga qarab chetki shoxlar yo’nalishi tomon tarqaladigan asosiy shoxlardan boshlanadi. SHunga ko’ra, yoshi oshgan sari daraxtlarning hosil berishi ham shu yo’nalishda almashinadi. Daraxt yoshligida bir yillik novdalardan birinchi generatsiyasidan chiqqan mayda shoxlar ancha uzoq yashaydi. Keyingi generatsiyalarida yuqori tartib shoxlarda ularning hayot faoliyati davri sezilarli darajada qisqaradi. SHuning uchun shox-shabbada, masalan olma va nokning birinchi tartib asosiy shoxlarida yigirma yil va undan ko’proq yashagan hosil shoxlarini uchratish mumkin, vaholanki, bu daraxtning barg qoplami qismida hosil shoxlar 8-10 yil, hatto bundan ilgariroq nobud bo’ladi. Asosiy shoxlarning yalang’ochlanish tezligi meva daraxtining tur va nav xususiyatlariga, yoshiga, o’sish sharoitiga ko’pincha ko’chatlarning qalin-siyrakligiga va mayda shoxlarning yashovchanligiga bog’liq bo’ladi. Meva o’simliklarida lokalizatsiya. Daraxt ayrim qismlarining birmuncha mustaqilligiga qaramay, bir butun organizm hisoblanadi, chunki uning hamma qismlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Lekin shox-shabbaning birinchi yarmi bilan uning shu tomonidagi ildizning yarmi orasida o’zaro korrelyativ bog’lanish bor. Meva daraxtlari qarigan sari bo’limlarga bo’linishi, uzunasiga bir necha qismga ajralishi va shu ajralgan qismining har birini ildiz tizimining alohida uchastkasi ta’minlab turilishi tajribalarda aniqlangan. T.P. Yevdokimov ma’lumotlariga ko’ra, olma daraxti ildiziga nishonlangan fosfor solinganda, u tananing ildizga fosfor solingan tomonida to’plangan. SHu bilan birga o’simlikning o’suvchi qismlarini asosan shoxga yaqin turgan barglar oziq moddalar bilan ta’minlaydi. SHuningdek, yozning ikkinchi yarmida oziq moddalar bir shoxdan ikkinchisiga o’tmasligi, har bir shox ma’lum darajada o’ziga mustaqil va bir-biriga qaram emasligi ham aniqlangan. Binobarin meva daraxtining ayrim qismlari orasida nisbiy lokalizatsiya mavjud. Ammo shu bilan birga, o’simlikning bir qismi bilan ikkinchi qismi orasida fiziologik ustunlik (dominantlik) borligi kuzatiladi. O’simlikning ayrim qismlari va organlari shu o’simlikning boshqa organlariga qaraganda oziq moddalarni ko’proq o’zlashtirib olish xususiyatiga ega. Boshqacha qilib aytganda, fiziologik qaramliligi har xil darajadagi organlar bo’ladi (I.I.Tumanov, E.Z.Gareev). Har xil jarayonlar uchun oziq elementlari teng taqsimlanmaydi, juda muhim jarayonlarda oziq moddalar ko’proq, uncha muhim bo’lmagan jarayonlarda kamroq sarflanadi. Ishlab chiqarish amaliyotida meva o’simliklarining o’sishini tezlashtirish va hosilni oshirish uchun lokalizatsiya, dominantlik hodisalari hisobga olinadi va ulardan foydalaniladi. Meva o’simliklarida regeneratsiya hodisasi. O’simlikning yer ustki qismidagi biror organi olib tashlansa yoki uning funktsiyasi zaiflashsa, ildizning funktsiyasi ham ma’lum muddatga zaiflashadi va aksincha. Lekin shu bilan birga, boshqa hodisani ham ko’rish mumkin, bunda o’simlikning biror organi olib tashlanishi yoki uni shikastlanishi natijasida xuddi shunday organlarining faoliyati kuchayadi. Masalan, o’simlikning yashil novdasi kesib tashlansa, shu novda yaqinidagi pastki kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi. Agar butun shox kesib tashlansa, qo’shni yarusdan juda baquvvat shoxlar o’sib chiqadi, hosil berayotgan daraxtlarda esa kesib tashlangan novdalar vazifasini bajaradigan yangi novdalar o’sib chiqadi. Ildiz tizimining ayrim qismlari kesib tashlanganda ham yuqoridagi holat kuzatiladi. O’simlikning yo’qolgan, zararlangan qismlarini yoki butun tanasini qayta tiklashi regeneratsiya deb ataladi. Meva o’simliklarida regeneratsiya hodisasini tabiiy sharoitda, masalan daraxtni shamol sindirganda, sovuq urganda, sun’iy ravishda esa agrotexnologik tadbirlarni o’zgartirganda, qalamchadan ko’paytirganda, butashda va daraxtlarni yoshartirishda, ko’paytirish vaqtida ildizlar shikastlanganda, yer haydalganda, hasharotlar zararlaganda va shu kabi hollarda ko’rish mumkin. Manna shunday har bir buzilish korrelyatsiya nisbatini, moddalar almashinuvini o’zgartiradi va o’simlikning o’sishini susayishiga, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Regeneratsiya qari o’simliklardagiga qaraganda yosh o’simliklarda muvaffaqiyatli o’tadi. Regeneratsiyada daraxtning tur va nav xususiyatlari ham ahamiyatga ega. Yer ustki qismlariga qaraganda ildizlar oson regeneratsiyalanadi(ayniqsa soya joylarda). Regeneratsiya jarayonida tashqi muhit sharoiti-harorat, oziqlanish, yorug’lik va boshqalar, shuningdek, shikastlangan vaqt ham katta ahamiyatga ega. Daraxtning hayotchan biron qismi olib tashlanganda yoki zararlanganda bir vaqtda ikkita; a) zararlangan joydagi yaraning bitishi va b) yo’qolgan qismlarning zararlangan joy yaqinidagi o’sish nuqtasidan tiklanishi va bu jarayonning boshqa ancha uzoqdagi kurtaklarga ham tarqalish jarayoni boradi. O’simlik shikastlangan joyning bitishi shikastlanish darajasiga, uning o’sish fazasiga, shikastlanish joyi va uning xususiyatiga, daraxtning holatiga, oziq moddalar bilan ta’minlanishiga, parvarish qilinishiga bog’liq. Turli meva daraxtlari va navlarida shikastlangan joy har xil tezlikda bitadi. O’simlik shikastlanganda shu joy va unga yaqin to’qimalar hujayrasi qo’ng’ir tusga kiradi va qurib qoladi, uning ostidagi hayotchan, sog’lom hujayralar qavati bo’linish yo’li bilan shikastlangan tomonga qarab o’sa boshlaydi. Juda qattiq shikastlangan joy yaqinidagi hayotchan hujayralar kuchli bo’lina boshlaydi va kallyus deb ataladigan yumshoq (g’ovak) yupqa parenxima to’qimasi hosil qiladi. Kallyus hosil bo’lishida kambiy hujayralari faol o’rin tutadi. Kallyus shikastlangan joy yuzasiga tomon kontsentrik ravishda harakat qiladi va uni sekin-asta cho’zadi. Kallyusda chetki tomonga qarab po’kak kambiy, ichkariga tomon kambiy qavat hosil bo’ladi. Bu qavat o’simlikning zararlanmagan qismidagi kambiyga tutashadi. Natijada shikastlangan to’qimaning hayot faoliyati tiklanadi, yara tagidagi kambiy himoya yog’ochligi va lub hujayralari hosil qiladi. SHikastlangan joy bitib ketadi. Ko’pgina o’simliklar shikastlanganda hayotchan yog’ochlikda yupqa devorchali yirik hujayralar hosil qiladi, ular o’simtasi bilan naychalar bo’shlig’iga kirib, ularni havo o’tkazmaydigan qilib berkitib qo’yadi. Bu hujayralar tili deb ataladi. O’simliklar shikastlanganda, parchalangan hujayra shirasi, protoplazma, yadro va har xil kiritmalar ham foyda beradi. Ular qo’shni hujayralar va hujayra oraliqlariga kirib olib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nafas olish enargiyasini kuchaytiradi va hokazo. Danakli meva daraxtlari shikastlanganda yara yuzasiga kamedь (elim) ajralib chiqadi. Kamedь cho’ziluvchan zich massa bo’lib, kimyoviy tarkibi jihatidan uglevodlar guruhiga kiradi va po’stloqda, yog’ochlikda hamda kambiyda hosil bo’ladi. Kamedь shikastlangan joyni oziqlantiradi va qo’shni tirik hujayralarni nobud bo’lishdan saqlaydi. Lekin ba’zi vaqtda shikastlangan joyga kirib, u yerda kovak hosil bo’ladi. Download 46.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling