Permanganatometrik titrlash usulining ishlatilishi. - Permanganatometrik titrlash usuli zavodlarning analitik kimyo laboratoriyalarida, ilmiy tekshirish va o’quv laboratoriyalarida keng qo’llaniladigan oksidlanish-qaytarilish usullaridan biridir. Permanganatometrik usul bilan turli hil organik va anorganik moddalarni aniqlash mumkin:
- Masalan: qaytaruvchilar:. Fe, Bi, Ag, Cd, Zn, Sb, As, P, Fe2+, Cr2+, Mn2+, Sn2+, Cu+, Ti3+, Cl-, Br-, J-, S2-, SO32- , SeO32-, S2O32-, SCN-, CN-, NO2-, aldegid, mochevina, askorbin kislota, polifenollar, shakar va hokazo.
- oksidlovchilar: Fe3+, Ce+4, V+5, Mo+6, W+6, Cr+6 , MnO2, PbO2, NO3-, BrO3-, ClO3-, JO3-, va hokazolar.
- Permanganatometrik titrlash usulining afzalligi:
- 1) Ekvivalent nuqtani KMnO4ning ortiqcha 1 tomchisini tomizib eritmani pushti rangga kirishiga qarab bilish mumkin (to’g’ri titrlashda)
- 2) Titrlashni kislotali yoki ishqoriy muhitda olib borish mumkin.
- 3) KMnO4oksidlanish - qaytarilish potencialining Yuqori ( E = +1,51 V) bo’lganligi sababli kuchsiz oksidlovchilar yordamida aniqlab bo’lmaydigan moddalarni ham bu usul bilan aniqlash mumkin
- 4) KMnO4arzon va qulay reaktiv
- 5) Oksidlanish-qaytarilish hossasiga ega bo’lmagan moddalarni ham aniqlash mumkin.
- Permangatometrik titrlash usulining kamchiliklari:
- 1) Boshlang’ich KMnO4eritmasini olish qiyin.
- 2) KMnO4vaqt o’tishi bilan o’zini titrini o’zgartiradi, shuning uchun ishlatishdan oldin, KMnO4ni titri aniqlanishi kerak.
Xromatometrik analiz usuli Xromatometrik usul biXrom - Cr2O72- ioni ta`sirida boradigan oksidlanish reaksiyasiga asoslangan. BiXromat ionining oksidlovchilik hossalari, tarkibida olti valentli Xrom bo’lgan Cr2O72- anionining Cr3+ ioniga o’tish reaksiyasi bilan tushuntiriladi. Cr2O72- + 14H+ + 6e = Cr3+ + 7H2O Bu reaksiyadan ko’rinib turibdiki, agar oksidlanish uchun K2Cr2O7 ishlatilsa, uning molyar ekvivalent
Do'stlaringiz bilan baham: |