+3-мавзу-mo' da Матлаб(57-110). doc
Ma’lumotlarni MATLAB buyruqlari yordamida hosil qilish
Download 362.77 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5. Matrisalarni almashtirish amallari
- V= cat ( A1, A2, ... )
2.4. Ma’lumotlarni MATLAB buyruqlari yordamida hosil qilish
MATLABda ma’lumotlarni uning buyruqlari yordamida bir necha usullarda hosil qilsa bo’ladi. Shulardan biri bo’lgan (:) buyrug’i yordamida hosil qilinadigan malumotlarni misollarda ko’rib chiqamiz: >>a= 1: 7 a=[1 2 3 4 5 6 7] >> b= 0 : 0.3 : 1.2 b= [0 0.3 0.6 0.9 1.2] Demak a o’zgaruvchida uzunligi 7ga, b da esa uzunligi 5ga teng bo’lgan vektor-qator hosil qilindi. Mavjud matrisadan vektor hosil qilish uchun (:) buyrug’ini ishlatsa bo’ladi. Agar: x= [ 2 5 7 4 -2 1 0 3 4 ] bo’lsa, u= x (:, 1) natijasida u= [ 2 4 0 ] vektor-ustun va uu= x(:, 2) natijasida uu= [ 5 -2 3 ] vektor-ustun hosil qilinadi. xx = x(1, :) xx = [2 5 7] qator-vektorni hosil qiladi. (:) buyrug’ini xy= x (:, 2:3) ko’rinishda xam ishlatish mumkin. Bu xolda 2-dan 3-ustungacha bo’lgan barcha ustunlar va qatorlarning xammasi qatnashgan (3x2) o’lchovli matrisa hosil bo’ladi: xy= [5 7; -2 1; 3 4]. yx= x(1:2, 2:3) buyrug’i esa elementlari 1- va 2-qatorlar bilan xamda ustunlari 2 va 3-ustunlar bilan aniqlangan (2*2) o’lchovli quyidagi matrisani hosil qiladi: yx= [ 5 7; -2 1 ]. 74 2.5. Matrisalarni almashtirish amallari MATLABda matrisalar ustida oddiy arifmetik amallardan tashqari maxsus amallar va almashtirishlar mavjud. Ulardan biri matrisalarni transponirlashdir. Biror A matrisani transponirlash deganda uni mos qatorlarini ustunlar bilan almashtirish tushuniladi va u A' kabi belgilanadi. Masalan, A= [ 1 2 3; 4 5 6 ] A= [ 1 2 3; 4 5 6 ] bo’lsa, A'=[3 6; 2 5; 1 4] bo’lgan (3*2) o’lchovli matrisaga teng bo’ladi A'=[3 6 2 5 1 4] . Bir nechta matrisalarni birlashtirish uchun V= cat ( buyruq ishlatiladi. Bu holda A1, A2, ..., matrisalar ko’rsatilgan o’lchov bo’yicha birlashtiriladi: cat (2, A, V) = [A, V] cat (1, A, V) = [A; V] MATLABda matrisalarni burish uchun fliplr(A), flipud(A) buyruqlaridan foydalaniladi. fliplr (A) buyrug’i A matrisani chapdan o’ngga 180 gradusga ustunlarini almashtirish yo’nalishida buradi. flipud (A) esa A matrisani pastdan yuqoriga 180 gradusga qatorlarini almashtirish yo’nalishida buradi. Masalan, A quyidagicha bo’lsin: A= [ 2 3 7 1 9 0] U xolda fliplr (A) = [9 0; 7 1; 2 3] , ya’ni (A) = [9 0; 7 1; 2 3] flipud (A) = [3 2 ; 1 7; 0 9], ya’ni (A) = [0 9 ; 1 7; 3 2] kabi bo’ladi. Berilgan matrisani soat strelkasiga qarshi 90 0 ga buruvchi rot90(A) buyrug’idir. Misol: B=[1 3 5 7 9 1 2 3 4]; rot 90(B)=[5 1 4 ; 3 9 3 ; 1 7 2]; ya’ni rot 90(B)=[5 1 4 ; 3 9 3 ; 1 7 2] Undan tashqari MATLABda maxsus ko’rinishdagi matrisalarni hosil qilish imkoniyati bor. Ana shunday matrisalarni hosil qiluvchi buyruqlarni keltirib o’tamiz: - eye (m,n) - asosiy diagonalda 1, qolgan elementlari 0 bo’lgan (m*n) matrisa hosil qiladi; 75 - lincpase (a, b, [n]) - [a, b] - oraliqda tekis taqsimlangan n ta elementli matrisa, n ko’rsatilmasa avtomatik tarzda 100 deb olinadi; - ones (m, n) - elementlari faqat 1 dan iborat bo’lgan (m*n) matrisa; - rand (m, n) - elementlari (0, 1) oraliqda tekis taqsimlangan tasodifiy miqdorlar bo’lgan (m*n) matrisa; - zeros (m, n) - (m*n) o’lchovli faqat nollardan tuzilgan matrisa; - hilb (n) - n tartibli Gilbert matrisasi (Uning elementlari h (i,j)=1/(i+j-1)); - invhilb (n) - Gilbertning teskari matrisasi; - magic (n) - qator bo’yicha elementlar yig’indisi ustunlar bo’yicha elementlar yig’indisiga teng bo’lgan “sehrli” matrisa; - size (A) - A matrisaning o’lchovi; - length (A) - A vektor uzunligi (elementlar soni); - ndims (A) - A matrisa o’lchovlari soni; - isempty (A) - A matrisa bo’sh bo’lsa 1, aks xolda 0 qiymatni beradi; - isequal (A, V) - A=V bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi; - isnumeric (A) - A matrisa sonli tipda bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi; Download 362.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling