MTTning yer maydoni va binosiga bo’lgan gigiyenik talablari.
Maktablarni loyihalashtirish va qurishni sanitariya nazorat qilishda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan me’yoriy xujjatlardan foydalaniladi. O’quvchilar soni barcha sinflarda 30 tadan bolaga ruhsat beriladi. Maktab binosidagi o’quvchilarning o’rni quyidagi tartibida rejalashtiriladi: shahar maktablarida bolalarning soni 1000 tadan va bitta sinfday bolalarning soni 25 tadan oshmasligi kerak. Qishloq maktablaridagi o’quvchilar soni quyidagicha bo’lishi kerak: boshlang’ich kompleks maktablarda - 80 tadan, 1 va 2- bosqichlarda 250 tadan o’quvchiga, 1, 2, 3 bosqichlarda - 500 tagacha o’quvchiga mo’ljallanadi, bitta sinfdagi o’quvchilar soni 25 tadan oshmasligi kerak.
Umumta’lim maktablarining Yangi zamonaviy turlari (litsey, gimnaziya va shaxsiy maktablar va boshqalar) alohida binoda yoki binoning alohida bo’linmalarida alohida chiqish eshiklariga ega bo’lib, maktabning qoshida joylashtirilishi kerak.
MTT yer maydonining o’lchamlari quyidagicha
belgilanadi (QMQ 2.07.01-94)
№
|
Rejalashtirilgan o’rinlar soni
|
Bitta O’quvchiga to’g’ri keladigan maydon, m2
|
1.
|
40 - 400 orti KGacha
|
1
|
2.
|
400 - 500 orti KGacha
|
60
|
3.
|
500 - 600 orti KGacha
|
50
|
4.
|
600-800 orti KGacha
|
40
|
5.
|
800-1000 orti KGacha
|
33
|
Maktab yer maydoni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat jismoniy tarbiya-sport, boshlang’ich harbiy tayyorgarlik, dam olish, o’quv-tarbiyaviy va xo’jalik mintaqalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |