3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
6. Ish maydoni. Ish maydoni ustunlar nomlari, satrlar nomlari va kataklardan
iborat. 7. Holat satri. Unda katakka tegishli turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ischi xujjatlar bilan ishlash: 1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha kataklarini ajratib ko‘rsatish. Joriy oynadagi ishchi jadvalning barcha kataklarini ajratib ko‘rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatga keltirish lozim. 2. Ustun nomi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanadi. Boshqacha aytganda, avval A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AB,.....,AZ, BA,BB,...,BZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha kataklarini belgilab olish uchun ustun nomi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak. 3. Faol katak indikatori. Bu qora rangdagi kontur bo‘lib, joriy katakni ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim hollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi. 4. Satr nomi. Ishchi jadvalning har bir satri o’z nomiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu satrlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi. 5. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning har biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib, ishchi kitobning alohida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning o’z nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yiladi. Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash MS Excel dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Kнига1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi bo‘lsangiz, vositalar panelidagi «Создать» (Yangi ishchi kitob) piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi. Yangi yaratilayotgan kitob komp’yuter xotirasida saqlanib, hali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobda bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Ishchi jadval varaqlariga dastlab «Лист1», «Лист2»,... degan nomlar beriladi. Bu varaqlarning nomini o’zgartirish ham mumkin. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling