3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana18.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1708595
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
pdf

«Выравнивание» (Тekislash) buyruqlari orqali ham o‘zgartirish, ya’ni tekislash 
mumkin. 
Katakdagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o‘chirish uchun 
katakni faollashtirib, klaviaturaning DELETE tugmasini bosish yetarli. Bir necha 
katakdagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun esa, tozalanishi kerak bo‘lgan kataklar 
ajratiladi, so‘ng klaviaturaning DELETE tugmasi bosiladi. 
Kataklarni taxrirlash oddiy holatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori 
matn kursoriga aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin 
bo‘ladi. Siz tahrir qilgandan keyin oldingi holatga qaytmoqchi bo‘lsangiz, 
menyuning «Правка» (Тahrirlash) => «Отменить» (Bekor qilish) buyrug’ini 
yoki Ctrl+Z tugmalarini bir vaqtda bosing. Shunda katakdagi boshlang‘ich 
ma’lumotlar qayta tiklanadi. Ma’lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni 


bajarmasdan tezlikda qilinishi kerak. Aks holda, ya’ni boshqa ma’lumotlar kiritilsa 
yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orqaga qaytish amalga oshmaydi. 
 Nusxa ko‘chirish 
Ayrim hollarda bir katakdagi ma’lumotlarning nusxasini boshqa katakka yoki 
diapazonga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash 
buyrug‘i orqali amalga oshirish mumkin. 
Nusxa ko‘chirish bir necha usulda amalga oshiriladi. 
 
Katakdagi ma’lumotlarni boshqa katakka ko‘chirish. 
 
Katakdan ma’lumotlarni diapazonga ko‘chirish. Bunda 
belgilangan diapazonning har bir katagida ko‘chirilayotgan katak 
ma’lumotlari hosil bo‘ladi.
 
Diapazondan 
diapazonga 
ko‘chirish. 
Diapazon 
o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi kerak. 
Katakdan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar 
bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi. 
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1. Nusxa ko’chirish uchun katak yoki diapazonni ajratish va uni buferga 
ko‘chirish. 
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish 
va buferga ko‘chirilgan ma’lumotlarni o‘ngga qo‘yish. 
Olingan nusxa tegishli katak yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin MS Excel 
bu katakdan ma’lumotlarni yo‘qotadi. Shuning uchun agar katakdagi oldingi 
axborotlar zarur bo‘lsa darhol menyuning «Правка» (Тahrirlash) => 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling