3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


«Форма» (Shakl) buyrug‘i yordamida ma’lumotlarni kiriting va  taxrirlash rejimiga o‘ting


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/58
Sana18.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1708595
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
pdf

 «Форма» (Shakl) buyrug‘i yordamida ma’lumotlarni kiriting va 
taxrirlash rejimiga o‘ting. 
 
Hisobotlar yaratish 
Hisobotlar ko‘p jihatdan shakllarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga shakllar va 
hisobotlar orasida muhim bir farq borki, u ham bo‘lsa hisobotlar faqat 
ma’lumotlarni chop etishga mo‘ljallanganligidadir. Ularda ma’lumotlarni chiqarish 
uchun boshqaruv elementlariga bo‘lgan zarurat yo‘q. Shuning uchun hisobotlarda 
ro‘yxatlardan, ro‘yxatli maydonlardan va boshqa ayrim elementlardan voz kechish 
mumkin. 
Hisobotlar uchun Jadvallar yoki Shakllar holatini o‘rnatish mumkin emas. 
Hisobot uchun faqat «Koнструктор» va «Предварительный просмотр» 
(Oldindan ko‘rish) holatlarini tanlash mumkin. 
Hisobotni yaratish uchun MBning muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) 
ilovasini tanlash va «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish kerak. Natijada 
«Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasi paydo bo‘ladi. 
Uning yordamida hisobotlarni uch xil usul bilan yaratish mumkin. Bular: 
avtomatik tarzda, hisobotlar ustasi yordamida yoki qo‘lda, mustaqil ravishda. 
Hisobotlar ustasi barcha qiyin ishlarni o‘z zimmasiga olib, hisobotni tez 
yaratish imkonini beradi. Hisobotlar ustasi chaqirilgandan so‘ng ekranga 
chiqadigan muloqot oynalarida so‘raladigan zarur ma’lumotlar kiritiladi va 
foydalanuvchining javoblari asosida hisobot yaratiladi. 
«Автоотчет» (Avtohisobot) yordamida hisobot yaratish 
Avtohisobot hisobot yaratish vositasi bo‘lib, unda bazadagi jadvallar va 
so‘rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan 
ishlar quyidagilardan iborat. 
1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang. 
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing. 
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo‘limlardan 
birini tanlang: 
«Автоотчёт: в столбец» (Avtohisobot: ustunli) — har bir maydon 
sarlavhasi chap yonida bo‘lgan alohida satrni tashkil etadi. 
«Aвтоотчёт: ленточный» (Avtohisobot: tasmali) — har bir yozuv 
maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavha har bir sahifaning ustida chop 
etiladi. 
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi jadval yoki 
so‘rovni tanlang. 


5. OK tugmachasini bosing. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling