3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana18.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1708595
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
pdf

 
Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish 
1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang. 
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing. 
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida kerakli hisobot ustasini 
tanlang. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo‘lgan ishlari ro‘yxati muloqot 
oynasining chap qismida chiqadi. 
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi jadval yoki 
so‘rovni tanlang. 
5. OK tugmachasini bosing. 
3. Agar 3-qadamda hisobot ustasi, diagramma ustasi yoki qo’shiluvchi 
suratlar ustasi tanlab olingan bo‘lsa, ularga tegishli muloqot darchalarida 
chiqadigan ko‘rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtohisobot ustalaridan biri tanlab 
olingan bo‘lsa, hisobot avtomatik tarzda yaratiladi. 
Yaratilgan hisobotga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, buni «Koнструктор» 
holatida bajarish mumkin. 
Hisobot ustasisiz hisobot yaratish 
 
1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang. 
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing. 
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasining «Koнструктор» 
holatini tanlang. 
4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval yoki 
so‘rovlarni tanlang. (Agar bo‘sh hisobot yaratish kerak bo‘lsa, hech qanday jadval 
yoki so‘rov tanlanmaydi). 
5. OK tugmachasini bosing. 
Yangi hisobot «Koнструктор» holatining hisobot oynasida paydo bo‘ladi. 
Hisobot tuzilmasi. Har qanday hisobot tuzilmasi 5 ta bo‘limdan iborat: 
hisobot sarlavhasi, yuqori kolontitul, ma’lumotlar sohasi, quyi kolontitul
hisobot izohlari. 
Hisobot sarlavhasi hisobotning umumiy sarlavhasini chop etish uchun 
ishlatiladi. 
Yuqori kolontitulni hisobot murakkab tuzilmali yoki ko‘p sahifali bo‘lganda 
kichik sarlavhalarni chop etish uchun ishlatish mumkin. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling