3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangilash so‘rovlari
- «Запрос»
- Shakl ustasidan
O’zgartirish so’rovlari. Тanlab olish so‘rovlarining barcha turlari
vaqtinchalik natijaviy jadvallarni hosil qiladi. Bunda bazadagi jadvallar o‘zgarishsiz qoladi. Shunga qaramasdan MBni yaratuvchilari uchun so‘rovlarning maxsus guruhi mavjudki, ular o‘zgartirish so‘rovlari deyiladi. O‘zgartirish so’rovlari — bir amalni bajarish bilan bir nechta so‘rovlarga o‘zgartirish kiritadigan so‘rovlardir. Ularning 4 turi mavjud: yo‘qotish, yangilash, yozuvlar qo‘shish va jadval yaratish so’rovlari. Yo‘qotish so’rovlari bir yoki bir necha jadvaldan yozuvlar guruhini yo‘qotadi. Yo‘qotish so‘rovlari orqali yozuvni to‘laligicha yo‘qotish mumkin. Uning ichidagi ayrim jadvallarni alohida yo‘qotib bo‘lmaydi. Yangilash so‘rovlari bir yoki bir necha jadvaldagi yozuvlar guruhida umumiy o‘zgartirishlar kiritadi. Ushbu so‘rov mavjud jadvallardagi ma’lumotlarni o‘zgartirish imkonini beradi. Yozuvlar qo’shish so‘rovi bir yoki bir necha jadvaldagi yozuvlar guruhini boshqa bir yoki bir necha jadvalning oxiriga qo‘shadi. Jadval yaratish so‘rovi bir yoki bir necha jadvalning barcha ma’lumotlari yoki ularning bir qismi asosida yangi jadvalni yaratadi. 7-misol. Ko‘rsatilgan sanalar oralig‘i uchun AB harakati haqida ma'lumotlar. Manba -"AV inventar obekti" jadvali. Kelib tushgan, hisobga olingan, hisobda turgan AV ro‘yxatini aniqlash uchun 3 ta mustaqil so‘rov talab qilinadi. 1. Kelib tushgan AV ro‘yxati. So‘rov filtratsiyaning sharti egiluvchan o‘zgarishni - AV ning kelib tushishi belgilangan sanalar oralig‘ini ta'minlash kerak. 2. Chiqib ketgan AV ro‘yxati. So‘rov filtratsiyaning sharti egiluvchan o‘zgarishni - AV ning chiqib ketishi belgilangan sanalar oralig‘ini ta'minlash kerak. Bajarish ketma-ketligi: 1. «Запрос» (So’rov) ilovasiga o‘ting. 2. «Создать» (Yangi so’rov) tugmasini bosib, «Конструктор» masteri tanlanadi. 3. «АВ инвентар обекти» jadvali qo‘shiladi. 4. Natijaviy jadval jadvallarning barcha maydonlaridan iborat: buning uchun * maydonni tanlang. 5. AV ning kelib tushish sanasini tekshirish uchun «Дата приобретения» maydonini so‘rov blankasiga qo‘shing, Вывод на экран-Нет tanlab olish sharti - Between[Начальная дата]And[Конечная дата]. AV ning kelib tushish sanasini tekshirish uchun maydonini so‘rov blankasiga qo‘shing, tanlab olish sharti - SQL tilida so‘rov ko‘rinishi quyidagicha: Вид Режим SQL): SELECT [АВ инвентар объекти.*FROM[АВ инвентар объекти] WHERE((([АВ инвентар объекти]. [Олинган сана]) Between[Boshlang‘ich sana] And [Oxirgi sana])) WITH OWNERACCESS OPTION; 3. Menyuning «Запрос» (So’rov) «Запуск» (Ishga tushirish) buyrug‘i yordamida so‘rovni bajaring. "Boshlang’ich sana" va "Oxirgi sana" parametr qiymatini kiriting. 7. So‘rovni "AV kelib tushishi" nomi bilan xotiraga oling. Shakllar yaratish. Shakl - bu ma'lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo’lgan elektron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning turli usullari bilan tanishib chiqamiz. Foydalanuvchi shaklni o'zi mustaqil yaratishi yoki Shakl ustasidan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchi shaklni o‘zi mustaqil yaratishi yoki Shakl ustasidan foydalanishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling