3-mavzu. Navoiy Masnaviy va qasidalarini sharhlab o‘qitish Reja


Download 123.5 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1596876
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu Masnaviy va qasida sharhi

1. Qasidai tom (to‘liq qasida) – bunda qasida to‘rt qismdan tarkib topadi:
a) nasib – lirik kirish (tabiat tasviri);
b) gurizgoh – nasib bilan madhni bog‘lovchi, 4-5 baytdan tashkil topuvchi qism;
s) madh – asosiy qism;
d) qasd – mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildirilagan qism.
2. Qasidai mujarrada (chala qasida) – bunda faqat madh keltiriladi.
Qasidalar mavzusiga ko‘ra vasf, madh, hajv, marsiya, munojot va falsafiy qasidalarga bo‘linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida “Devonu lug‘otit turk”da “qo‘nug‘” shaklida uchraydi.
Alisher Navoiyning mazkur kulliyotga kirgan qasidasi “Hiloliya” bo‘lib, uchinchi devon “Badoe’ ul-vasat”dan o‘rin olgan. Qasida tuzilishiga ko‘ra to‘liq, mavzusiga ko‘ra esa madh qasida hisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda shohga taqdim etilgan. Qasidaning “Hiloliya” deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o‘tirishini yangi chiqqan oy – hilolga qiyos qiladi.
Qasidaning kattagina, ya’ni uchdan ikki qismi kirish – nasib va gurizgohdan tashkil topgan. “Hiloliya” quyidagi bayt bilan boshlanadi:


Chun nihon qildi turunji mehr raxshon tal’atin,
Oshkor etti falak bir tavqi g‘abg‘ab hay’atin.

Qasidadagi nasib va gurizgoh muayyan syujet asosiga qurilgan. Unga ko‘ra, shoir oydin oqshomlardan birida osmonga sayr qilib, u erda etti qavat falakda joylashgan sayyoralar – Oy, Utorud, Zuhra, Quyosh, Mirrix, Mushtariy, Zuhalni uchratadi. Ularning har biri shohning taxtga o‘tirish marosimiga hozirlik ko‘rayotgan edilar. Navoiy kotiblar homiysi Utorud huzuriga borganda, Utorud unga Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlangan she’rini o‘qib beradi. Uning matla’si quyidagicha edi:


Ey, sening qoshing qilib zohir yangi oy xijlatin,
V-ey, yuzung sharmanda aylab iydi akbar tal’atin.
Ushbu matla’ni eshitgan shoirning rashki kelib, o‘zining ta’bi quvvatini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida ushbu matla’ni o‘qiydi:
K-ey qoshingning rashki aylab xam yangi oy qomatin,
Iydi ruxsoring qilib nobud bayram ziynatin.
Utorudni xijolatda qoldirgan shoir uyga kelib, shoh marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan va uni kutib o‘tirgan yorini uchratadi. Yoriga o‘zi va Utorud yozgan she’rlarning matla’sini o‘qib beradi. She’riy musobaqadan chetda qolishni istamagan go‘zal ham qo‘liga qog‘oz va qalam olib, quyidagi bayt­ni yozadi:
K-ey, yuzung zohir qilib bayram sabohi safvatin,
Anda qoshing aylabon paydo yangi oy hay’atin.
Shoir har uchala baytni Husayn Boyqaro hukmiga havola qilganda, shoh ularni ma’qullaydi va o‘zi ham ushbu matla’larga javob yozadi:
K-ey, hiloling mayli aylab toq ko‘nglum toqatin,
Jon berib, yod aylagach iydi visoling jannatin.
Shu bilan nasib va gurizgoh tugab, qasidaning asosiy qismi – madh boshlanadi. Madhda Husayn Boyqaro “shohlarning shohi” deb ta’riflanib, Navoiy o‘zi orzu qilgan surati shoh-u siyrati darvesh hukmdorni Husayn Boyqaro siymosida ko‘rishni istaydi. Uning adolati, saxovati, tab’i nazmi, janglardagi shijoatini baland pardalarda tasvirlaydi; tashbih, istiora, talmih, mubolag‘a san’atlari vositasida shoh timsolining betakror namunasini yaratadi. Qasidaning so‘nggi to‘rt bayti qasd (xotima)ni o‘z ichiga olib, shoir Husayn Boyqaroga niyat bildiradi: unga saodatli va uzoq umr tilaydi, yangi oy va hayit bayrami uning ikki qulluq qiluvchisi bo‘lishiga umid bildiradi. Qasida janrga xos aa-ba-da... tarzidagi qofiyalanish tizimiga ega, lekin ba’zi o‘rinlar, xususan Utorud, shoir, ma’shuqa va Husayn Boyqaro tilidan matla’lari keltirilgan baytlar aa shaklida qofiyalangan, bu jihat bevosita Navoiyning qasida janriga kiritgan yangiligidir.
“Hiloliya” qasidasi Salmon Sovajiyning yangi oy ta’rifida yozilgan qasidalari uslubida va Zahir Foryobiyning shu nomdagi qasidasi ta’sirida yozilgan bo‘lib, unda ramal bahrining ramali musammani mahzuf (afoyili va taqti’i: foilotun foilotun foilotun foilun, – V – – / – V – – / – V – – / – V –) vazni qo‘llanilgan.

Navoiy o‘zbek tilida bitta qasida (“Hiloliya”) yozgan bo‘lsa, forsiy tildagi qasidalari sanog‘i o‘ntaga boradi. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida forsiy qasidalarni nomma-nom tilga olib, ularning matla’ini keltiradi. Shoirning forsiy qasidalariga alohida ahamiyat berilishi bejiz emas: katta ijtimoiy-falsafiy ma’nolar, keng qamrovli xulosa va umumlashmalarni ifodalaydigan qasidalar yozish ancha-muncha shoirning qo‘lidan kelmas edi. Shoirona mahorat va teran tafakkur, katta hayotiy tajriba va chuqur bilim, latif taxayyul va orifona jo‘shqin qalb sohibi bo‘lganligi hamda forsiy tilda falsafiy-irfoniy jihatdan etuk qasidalar yaratganlar juda kamsonli bo‘lib, ulardan Xoqoniy Shervoniy “Xalloq ul-maoniy” (yangi ma’nolar yaratuvchi), Anvariy Abivardiy esa “qasida payg‘ambari” kabi yuksak unvonlarga sazovor bo‘lishgan. Navoiyning forsiy tildagi qasidalari ikki turkumga: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”)ga ajratilgan. “Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo‘lib, Alisher Navoiy ularning mavzusi haqida “Muhokamat ul-lug‘atayn”da shunday yozadi: “Bu olti qasida hamd va na’t va sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat”. “Sittai zaruriya”ning debochasiga ko‘ra, bu turkum 1497-yilda tartib berilgan bo‘lib, uni tuzishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, uning vafotidan so‘ng esa Sulton Husayn Boyqaro ilhomlantirgan.


Majmuadagi birinchi qasida “Ruh ul-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o‘z ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta’rix yo‘li bilan hijriy 895, milodiy 1491-yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi madh etiladi. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi vahdat ul-vujud ta’limoti asosida talqin etilgan. Unda olam yaxlit holda yakka-yu yagona Parvardigor qudrati bilan yaratilganligi va ana shu Ruhi mutlaqning tajalliysi tufayli mavjudlik topishi va uzluksiz harakatda bo‘lishi ta’kidlangan. Qasida dasturiy-muqaddimaviy xarakterga ega. Unda Olloh – olam aloqadorligining barcha sabablari ruhning olti quvvasi bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. “Ruh ul-quds” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, mazmun-mohiyatiga ko‘ra uni shartli ravishda o‘n ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi qism nasib (kirish)dan iborat bo‘lib, 9 baytni o‘z ichiga oladi. Unda Ilohiy qudratga umumiy ta’rif beriladi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling