3-mavzu. Navoiy Masnaviy va qasidalarini sharhlab o‘qitish Reja


Download 123.5 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1596876
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu Masnaviy va qasida sharhi

Daro ba xirgahu otash furo‘z az mai nob.
(Mazmuni: Falak chodiridan ko‘rinayotgan otashni bulutlar pardasi to‘sdi,
chodirga kirginu tiniq, qizil may otashiga zo‘r ber).
Dastlab tevarak-atrofning qish faslidagi tasviri berilgach, qasidaning 12-baytidan boshlab jonivorlarning jismoniy sovuq ta’siridagi holati tasviriga o‘tiladi. Navoiy qish sovug‘idan panoh topish uchun anordek teshigi va tuynugi yo‘q bir xona izlashni, undagi donalar cho‘g‘, suvi esa tanani isituvchi qizil sharobday bo‘lishi zarurligini ta’kidlar ekan, bu holat zamona hukmdori majlisini yodga solishini aytadi va shu tariqa gurizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) vositasida qasidaga Husayn Boyqaro tasviri kirib keladi. Qasidaning teng yarmi, ya’ni 36-baytdan boshlab asosiy qism – Husayn Boyqaro madhi keltiriladi. Madh sultonning yuksak qalbi, saxovati, dushmanlarga siyosati, janglardagi shijoatidan boshlanib, sharob bazmlari tasviri bilan yakun topar ekan, bu tasvirlar qish faslidagi manzaraga parallel ravishda berib boriladi, so‘nggi ikki bayt (qasd – xotima)da shoir Husayn Boyqaro bazmlariga fayzu quvvat tilaydi, javonmardlik va saxovat unga ming yil hamroh bo‘lishiga niyat bildiradi. Navoiy ta’biri bilan inson umrining poyoniga o‘xshatilgan qish fasli “kishining xam qad bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bilan xayirbod qilish”(“Xazoyin ul-maoniy”dagi ta’bir) davri bo‘lib, qasidada Foniy taxallusining qo‘llanilishi shunga ishoradir:
Ba bo‘i vasl nihad ro‘ ba dargahat, Fony,
Chunon ki ahli ibodat ba go‘shai mehrob.
(Mazmuni:
Vasling bo‘yi umidida, Foniy dargohingga yuzini qo‘yadi,
bu ibodat ahlining mehrob go‘shasiga bosh qo‘yishidekdir).
Qasidada falsafiy mushohadakorlik bilan bog‘liq tuyg‘ularni berishga nihoyatda mos bo‘lgan mujtass bahri (ruknlari va taqti’i: mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V – – / V – V – / – –)ning qo‘llanilganligi shoirning yuksak badiiy salohiyatini ko‘rsatuvchi yana bir omildir.
Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling