3-mavzu: Neft va gaz konlarini ózlashtirishda geologik usullarning namoyon bo’lish shartlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1752628
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Standart elektr karotaj


Gamma-karotaj
(GK) tog’ jinslarining tabiiy
radioaktivligini o’rganadi. Quduqqa gamma karotaj
radiometri tushiriladi. Uning tarkibiy qismini
gamma-nurlarning indikator (hisoblagich)lari tashkil
yetadi.
GK usulining diagrammasi
burg’ilanayotgan quduqlarning
kesimlarini taqqoslash
, tog’ jinslarining litologik tavsifini, gillilik
koeffisientini aniqlash, radioaktivligi yuqori
bo’lgan jinslarni
ajratish, kichik gamma aktiv jinslarni aniqlash va talqin qilishda
fonni inobatga olishda
qo’llaniladi.


Gamma-karotaj (GK)


Neytron gamma-karotaj (NGK) 
radioaktiv karotajning bir turi
bo’lib, 
bunda quduqqa neytron manbali zond
tushiriladi. Unga
o’rnatilgan

nurlanish
indikatori yordamida atrof muhit bilan
neytronlarning
o’zaro ta’siridan yuzaga
kelgan

nurlanish shiddati aniqlanadi. 
NGK yordamida quduq
bo’ylab chizilgan
egri chiziq orqali suvli qatlamlarning
joylashishini hamda ular chegaralarini
ajratish mumkin
bo’ladi.



Yonlama zondlash karotaji
(БКЗ-боковый 
зондирующий каратаж) elektr karotaj usullaridan
bo’lib, quduq tanasi bo’ylab harakatlanadigan turli
uzunlikdagi (0,4 m dan 8,0 m gacha) karotaj zondlari
majmuasi. Odatda BKZ da bitta burg’ snaryadiga
o’rnatilgan bir turdagi, har xil uzunlikdagi bir nechta
(5-7 xil uzunlikda bo’lgan) elektr zondlari ishlatiladi.
Uzunligi har xil bo’lgan zondlar bilan o’lchanib, 
turli radiusda o’rganilgan karotaj diagrammalari
olinadi. Diagrammalarda qatlamlarning
chegaralari, jinslarning haqiqiy qarshiligi, burg’ilash
eritmasining shu qatlamlarga qanday chuqurlikda
singigani aniqlanadi. Ayrim hollarda БКЗ
materiallaridan o’tkazuvchan qatlamlar (eritmaning
qatlamga singigan joyi) va suyuqlik o’tkazmaydigan
qatlamlar, qatlam g’ovakliligi koeffisienti, neft-suv
tutash yuzasi sathlarini aniqlashda foydalaniladi.


Yonlama mikrokarotaj (MBK). 
Burg’ qudug’i
devoriga jipslashtiriladigan elektr tokini
o’tkazmaydigan rezina asosli boshmoqda
elektrodlar joylashtiriladi. Zondlarining ikki, uch va
to’rt elektrodli turlari bor.
MBK usuli yordamida quyidagi masalalar hal etiladi:
1) yuvilgan zona qarshiligini aniqlash; 
2) o’tkazuvchan qatlamlarni ajratish; 
3) qatlamlar qalinligini baholash, o’tkazuvchan
qatlamlar ichidagi zich-o’tkazmas qatlamni ajratish; 
4) kollektorlarning g’ovakliligini aniqlash va b. 
BKZ va MBK egri chiziqlarini taqqoslab, qatlamdagi
flyuidning harakatchanligini, qoldiq neftlilik
koeffisientini, hamda neft chiqarib olish koeffisientini
aniqlash mumkin.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling