3-mavzu: Neft va gaz konlarini ózlashtirishda geologik usullarning namoyon bo’lish shartlari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz karotaji (GK)
Neytron karotaj (NK
) radioaktiv karotaj turlaridan bo’lib, quduq kesimidagi tog’ jinslarini neytronlar bilan ta’sirlantirib, ularning atom yadrolaridan qayta sochilgan gamma-nurlar yoki neytronlar zichligini o’lchash orqali ochiq va mustahkamlash quvurlari bilan jihozlangan quduqlardagi suv-neft va gaz-neft tutash yuzalar sathini aniqlash mumkin. • Akustik karotaj (AK) tovush va ultratovush diapozonli chastotada elastik to’lqinlarning tavsiflab, tog’ jinslarining akustik xususiyatlarini o’rganishga asoslangan. AK burg’ quduq apparati, to’lqin tarqatgich va to’lqin qabul qilgichdan iborat. Akustik karotajning tezlik, so’nish va to’lqin tasvirli turlari mavjud. • AK ning tezlik uslubi yordamida kollektorlarning g’ovaklilik koeffisienti , so’nish uslubi yordamida g’ovakliligiga ko’ra murakkab tuzilgan kollektorlarni, to’lqin tasvirdagi uslub yordamida esa murakkab geologik kesimda joylashgan kollektorlarni o’rganish mumkin. Gaz karotaji (GK) quduq burg’ilash chog’ida gil eritmaga o’tuvchi uglevodorod gazlarining miqdorini aniqlashga asoslangan. Unga ko’ra gazga to’yingan qatlamlarni ajratish mumkin. Gil eritmadan gaz namunasini olishda gaz karotaji stantsiyasining gazsizlantirgichidan foydalaniladi va gaz miqdori gaz aniqlagich yordamida aniqlanadi. Kern olib burg’ilashda GK kernda bajarilishi ham mumkin. GK diagrammasini tahlil qilishda unga ta’sir etuvchi omillarni (masalan, burg’ilash tezligi, gilli eritmalarning harakat tezligi, ularning sifati va b. xalaqit beruvchi jarayonlarni )hisobga olish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling