3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet15/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Turk hoqonligi tangalari.

G‘arbiy Turk xoqonligi tangalari. Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida g‘arbiy Turk xoqonligi alohida o‘rin tutadi. Tarixshunoslikda “g‘arbiy turk xoqonligi” atamasi ostida Buyuk turk xoqonligining g‘arbiy qismi: Oltoy tog‘larining g‘arbidan to shimoliy qora dengizgacha, Volga–Ural bo‘ylaridan to shimoliy Hindistongacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan saltanat bo‘lib, xronologik jihatdan ikkita turkiy sulola Ashina (568-704) va Turkash xoqonligi (699-766) davri bilan belgilanadi.

Ilk o‘rta asrlarga tegishli yozma manbalarda g‘arbiy Turk xoqonligi bosh hukmdorlarining unvoni ko‘pincha “yabg‘u xoqon” yoki “jabg‘u xoqon” tarzida qayd etiladi. G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvida “yabg‘u xoqon”lar turgani numizmatik materiallarda aks etgan.

Toshkent vohasidan topilgan yaxshi saqlangan mis tangalardagi so‘g‘diy yozuvlarda trbw y’y’n – “Tardu hoqon”, cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” va twn cpuw y’y’n pny – “Tun jabg‘u xoqon tangasi” shaklida o‘qib chiqilishi ilk bor g‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari o‘z nomidan tanga zarb qildirganlar, degan fikrga asos beradi.

Toshkent vohasidan topilgan “jabg‘u xoqon” unvonli tangalarning aversida o‘ng tomonga yo‘nalgan otliq tasviri, reversida esa o‘ziga xos tamg‘a bo‘lib, uning atrofida so‘g‘diy yozuvda cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” deb yozilgan. Ushbu tangada “jabg‘u xoqon” uchrashi uning g‘arbiy Turk xoqonligi bilan aloqadorligini ko‘rsatadi. Mazkur tangalar Toshkent vohasidan topilishi ularning Choch hududida zarb qilingani ehtimolini kuchaytiradi. Biroq, tangalarning aynan qaysi hukmdorga mansubligi masalasini еchish birmuncha mushkul. Chunki manbalardan ayon bo‘lishicha, xoqonlaridan bir nechtasi yabg‘u xoqon unvoni bilan hukm yuritgan. Ma’lumki, manbalarda Istemidan boshlab to Ishbara (640-641) xoqongacha hukmronlik qilgan hukmdorlar “yabg‘u xoqon” tarzida tilga olinadi. Bu esa ushbu tangalarning Istami davridan boshlab chiqarilganmi yoki uning avlodlaridan biri davridami masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shunga qaramay, jabg‘u xoqon unvonining tangalarda uchrashi, ularning aynan g‘arbiy Turk xoqonligiga taa’lluqli ekanligidan darak beradi. Shu bilan birgalikda, ushbu xoqonlik hukmdorlarining rasmiy unvoni “yabg‘u/jabg‘u xoqon” bo‘lgani o‘z isbotini topdi. Xususan, Toshkent vohasidan topilgan numizmatik materiallar orasida twn cpyw y’y’n pny- “tun jabg‘u hoqonning tangasi” so‘zlari va “jabg‘u xoqon…” unvonli tangalar bilan bir xil tamg‘a aks etgan tangalar uchraydi. Jumladan, ushbu turdagi tangalarning uchta asosiy tipi:

1) Chordana qurib o‘tigan hukmdor

2) Qo‘shaloq portretli (xoqon va xotun)

3) Ustida yarim oy va yulduz (yoki Quyosh) ramzi aks etgan ot tasvirli tangalar zarb qilingan.

G‘arbiy Turk xoqonlariga xos tangalar qatoriga Farg‘ona vodiysi (Quva)dan topilgan tangalarni ham qo‘shish mumkin. Ahamiyatlisi shuki, Toshkent vohasidan topilgan tangalardan farqli o‘laroq, Quva tangalarida Turk-run yozuvida –“xoqon” (avers) va sug‘d yozuvida y’y’n pny -“xoqon puli” (revers) so‘zlari bitilganidir.

Xullas, mazkur tarixiy dalillar asosida G‘arbiy Turk xoqonligining ilk tangalari Choch vohasida zarb qilingan, deb aytish mumkin. Avvalo, mazkur tangalarning aksariyati Turk xoqonligi davrida vohaning eng yirik Qanqa va Xonobod xarobalaridan topilgani ularning Choch vohasida zarb qilinganidan darak beradi. Fikrimizcha, xoqonlar Chochni o‘z tasarrufiga olgach, bu еrda tanga- pul zarbi an’anasi bilan tanishadilar va o‘z tangalarini chiqara boshlaydilar.2

Ilk o‘rta asrlarda Choch, Farg‘ona, Usturshona, So‘g‘d, Buxoro, Xorazm G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibida bo‘lsa-da, ularning yabg‘ulari mustaqil siyosat yuritar edilar. Ularning har birining o‘z davlat boshqaruv sulolalari, boshqaruv markazi (poytaxti), qonuni, harbiy kuchlari, aniq chegaralari va pul birligi mavjud edi. Turk hoqonlari bu viloyatlarning ichki ishlariga aralashmaganlar. Ushbu viloyatlar hoqonlik markaziga asosan soliq yig‘ishga e’tibor berganlar.

Sharqiy Turk hoqonligiga oid tangalar Qanqa, Banokat kabi Toshkent hududlardan topilgan bo‘lib, bu o‘lkalarning savdo - hunarmandchilik markazi bo‘lganligidan dalolat beradi. Turk-So‘g‘d tangalari nomi ostida bronza tangalar zarb etilgan bo‘lib, ushbu seriyada tanganing aversida erkak va ayol juft holda tasvirlangan. Bu haqda rus arxeologi M.E.Masson bildirgan fikr еtakchi bo‘lib qolmoqda. Ularda turkiy runiy yozuvlari bilan so‘zlar bitilgan. Bu so‘zlarni o‘qishga urinish bor, ammo hozirgacha to‘liq o‘qib chiqilmagan1. (“K voprosu o vzaimootnosheniyax Vizantii i Sredney Azii po dannыm numizmatiki” maqolasi // Trudы SAGU, Novaya seriya, XXII. V.kn. 4. -T., 1951)

Qadimgi Choch tangalarini o‘rganishda V.A.Livshisning xizmati katta. U So‘g‘d rivoyatidagi XWB unvonini hamda c’cn’k (chachanak) ifodasini aniqlashga muyassar bo‘ldi. Bu hol ularning zarb qilingan joyini uzil-kesil belgilash imkonini berdi (Livshis Lukonin, 1964, -B. 170-171).

E.V.Rtveladze qadimgi Choch tangalarini o‘rganishga hissa qo‘shdi. Uning fikricha, Chochda mis tangalar zarb etish III asr boshlarida yo‘lga qo‘yilgan. Tangalar tipi negizida qadimgi Sharq, Xorazm So‘g‘d ikonografik an’anlari mavjud. V asrning o‘rtalarida Sosoniy dirhamlari Markaziy Osiyoda keng muomalada bo‘lgan.

Shosh arab xalifaligiga kirishgach bu еrda dastlab Ummaviylar, so‘ng Abbosiylar kumush tangalari paydo bo‘ladi. Shosh zarbxonalarida dirhamlar chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shoshda zarb qilingan ilk dirhamlar 180 hijriy (796/797 y.) sanaga ega. Chochda “buxorxudod” kumush tangalarini zarb qilish VII asrning ikkinchi yarmidan yo‘lga qo‘yilgan va IX asrning birinchi choragiga qadar davom etgan1.

Chochni VII-VIII asrlarda mahalliy sulola va turkiy tudunlar sulolasi boshqargan. Choch hukmdori tangalarini asosan 3 guruhga ajratish mumkin. Xususan, vohaning bosh hukmdor sulolasi bo‘lmish Choch teginlar tangalari, ikkinchi darajali sulola mavqeidagi Choch tudunlari tangalari va mahalliy sulola tangalaridir.

E.V.Rtveladze ilk o‘rta asrlarga oid Choch tangalarida 6 xil tamg‘a uchrashi, bu esa vohada shuncha kichik hokimliklar mavjud bo‘lganidan darak berishini yozadi. Shuningdek, tadqiqotchilar Choch tangalarida Kabarna, Banokat, Tunkat, Farnkat kabi joy nomlari bo‘lib, ularni markazlar sifatida talqin qilish mumkin.

To‘n yabg‘u-hoqon (618-630) davriga oid tangalarning uch tipi ma’lumdir. Uning davrida hoqonlikning markazlashuvi yanada kuchaydi. Shu bilan birga VII asrda mahalliy hokimliklarda ham masalan, Chochda turk sulolalaridan tegin (605-746) va tudunlar (620-750) tomonidan tangalar zarb etildi.

Chochdan topilgan numizmatik materiallar Markaziy Osiyoning G‘arbiy turk hoqonligi davri ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga muhim ma’lumotlarni beradi.

Qadimgi turk tangalari, xususan, Choch tangalarini maxsus o‘rgangan olimlar M.E.Masson, O.I.Smirnova, V.A.Livщis, E.V.Rtveladze, Ye.V.Zeymal, G‘.Boboyorov2, M.Is’hoqov tadqiqotlarida “turk-sug‘d tangalari”, “Sug‘d-turk tangalari”, “turk sulolalarining Choch tangalari” kabi iboralar ifoda etilgan.

VII-VIII asrlarda hoqonlik hududlarida mahalliy hokimlar turk tudunlari, turk tekinlari tomonidan ham tangalar zarb etilgan. Biroq hoqonlikka qaragan hokimlarning sulolasi tarixi, sanalari haqida hanuzgacha mavjud materiallar uzuq yuluqligicha qolmoqda.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling