3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Mahalliy So‘g’diyona tangalarining qaror topishi


Download 95.5 Kb.
bet11/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Mahalliy So‘g’diyona tangalarining qaror topishi

So‘g‘d tangalari G‘.Boboyorov tomonidan Choch tangalari seriyalari tizimga solinib ilmiy tadqiq etilgan1.

Choch tangalari guruhi tanga doirasidagi tasvirlar bo‘yicha orginaldir. Masalan, turkumning ko‘pgina tangalari o‘ng yuzasiga fantastik vahshiy hayvonning hujumkor dahshat soluvchi qiyofasi tushirilgan. Hayvon tasviri tanga tiplari bo‘yicha har xil. Ba’zan hayvonning boshi o‘ng tomonga, goho chap tomonga qaratilgan ba’zi tangalarda hayvon oldingi o‘ng oyog‘iga cho‘kibroq, chap oyog‘ini mushuksimonlarga xos ko‘targan holda tasvirlanadi. Dum esa keskin baland ko‘tarilgan va tananing tepasiga ~ tarzida joylashib, tasvirdan yuqoridagi bo‘shliqni to‘ldirib turadi.

So‘g‘diyona O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, uning hududida ilk o‘rta asrlarda 3 ta mustaqil yirik viloyat hokimliklari bo‘lgan. Panjikentdan to Karmanagacha bo‘lgan tumanlar markaziy So‘g‘dni tashkil etib, uning bosh shahri Samarqand hisoblangan. Zarafshon vohasining Karmanadan g‘arbda joylashgan tumanlari g‘arbiy So‘g‘dni tashkil etgan. Uning markazi Buxoro bo‘lgan. Qashqadaryo havzasida tarkib topgan tumanlar janubiy So‘g‘d yerlarini tashkil etgan.

E.Rtveladzening “Drevniye moneti Sredney Azii” nomli kitobida so‘g‘d tangalari bir necha turkumga tasniflangan.


  1. Antiox I Salavkiylar tangalariga taqlidan zarb etilgan, reversi otning boshi tasviri tushirilgan kumush hamda mis tangalar (miloddan avvalgi II-I asrlar hamda milodimizning I asri)

  2. Aleksandr Makedonskiy drahmasiga borib taqaluvchi, Gerakl va Zevs tasviri tushirilgan, ammo so‘g‘d yozuvi bor kumush tangalar.

  3. Chopib ketayotgan ot va tik turgan tangri tasviri tushirilgan kumush tangalar.

  4. Tirandoz tasviri hamda so‘g‘d yozuvlari tushirilgan tangalar.

  5. Yunon tilidagi so‘g‘d yozuvli Yevtidem tetradrahmalariga taqlidan zarb etilgan tangalar.

Hozirgi paytgacha mis So‘g‘d tangalari dafinalari kamdan-kam uchraydi, so‘g‘d tanga sistemasi monometallic, ya’ni bir turdagi ma’dan – kumushning ishlatilishiga asoslangan bo‘lishi mumkin. So‘g‘d tangalarining aversida hukmdorning yon tomonidan berilgan surati va reversida tirandoz, nayza ushlab turgan ma’bud, chopib ketayotgan ot yoki shohli ot boshining surati berilgan.

Dastlabki tangalarning reversida o‘ng qo‘lida nayza tutgan, kiftlari uzra olov yolqinlanuvchi, nigohi to‘g‘riga qaragan tangri tasvirlangan. Keyinchalik chopib borayotgan ot surati paydo bo‘ladi.

Samarqand ixshidlari tomonidan VII asr ikkinchi yarmidan to VIII asr o‘rtalarigacha zarb qildirgan Xitoy tangalariga taqlid qilib so‘g‘d yozuvida Tarxun (700-710), Gurak (710-738), Turg‘ar (738-750) kabi hukmdorlar ismi o‘rin olgan bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlar asosan xitoy, arab manbalarida, qisman esa so‘g‘diy hujjatlarda uchraydi. Bu tip tangalardagi hukmdor tasvirlari turkiy qiyofada bo‘lib, ular orasida umumiy o‘xshashlik mavjud. Bundan tashqari, ularning barchasida twrnyn so‘zining uchrashi diqqatni tortadi. Agar bu so‘z o‘sha paytda turkiylar hukm suradigan o‘lka sifatidagi Turon nomi bo‘lib chiqsa, mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq bir qator masalalarning yechimiga olib keladi.


Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling