3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet19/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Saljuqiylar tangalari. Markaziy Osiyo hududida X-XI asrlarda hukm surgan saljuqiylarning kumush tangalari nihoyatda kam uchraydi. Masalan, janubiy Turkmanistondan 1884-1946 yilarda 6 dona saljuqiylar kumush tangasi topilgan va ro‘yxatga olingan. 1960 yilda Munchoqtepa yodgorligidan kumush tangalar xazinasida Sulton Sanjar kumush dinori katta ahamiyatga ega. Xazina umumiy og‘irligi 85 gr keladigan tangalar va siniq tangalardan iborat. Ushbu kumush tangalar Marv, Balx va Hirot zarbxonalarida Sulton Sanjar nomi bilan zarb etilgan. Tangalar, asosan, halifalar al-Mustazxir (1094-1118), al-Mustarshid (1118-1135), al-Muktifiy (1136-1160) lar davriga to‘g‘ri keladi.

Marvda zarb etilgan Sulton Sanjarning kumush dinorida Sulton Muhammad ibn Malikshoh va Sulton Sanjar nomi bitilgan. Saljuqiylarning kumush tangalari jahon numizmatikasidagi noyob tangalar sarasiga kiradi. Saljuqiylar tarixini o‘rgangan tangashunos Len Pul Britaniya muzeyida chop etilgan turkman sulolalari tangalarining katalogiga “Buyuk saljuqiylar”ning faqat 22 ta tangasini (20 ta oltin va 2 ta kumush) kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Boshqa bir tangashunos A.K.Markov esa Ermitajda saqlanayotgan 77 ta saljuqiylar tangasini ro‘yxatga olib, musulmon tangalari katalogiga kiritgan.

Qumqo‘rg‘ondan topilgan Sulton Sanjarning kumush dinori Qur’on oyatlari bitilganligi, yozuv uslubi va tayyorlash mahorati, nafisligi bilan alohida ajralib turadi. Tanganing og‘irligi 27,8 gr, diametri esa 2,3 sm. Tanganing aversida kalima, halifa al-Mustaxir va Sulton Muhammad ibn Malikshoh nomlari bitilgan. Reversida Qur’onning Baqara surasidan 256-oyat: “dinda zo‘rlash yo‘q, zero to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shaytonni (yohud butlarni) inkor etib, Ollohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Olloh eshituvchi va biluvchidir” deb yozib qo‘yilgan. Qur’on oyatidan so‘ng Sulton Sanjarning ismi va unvoni “Sharq hukmdori” deb yozilgan.

Arxeolog olim L.Albaum tomonidan Qumqo‘rg‘ondan topilgan Sulton Sanjarning kumush dinori va tangalari xazinasi akademik E.V.Rtveladzening guvohligiga ko‘ra, O‘zR FAga qarashli Tarix instituti fondiga, keyinchalik Arxeologiya instituti fondiga topshirilgan4.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling