3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet20/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Qoraxoniylar tangasi. XI-XIII asrlar Markaziy Osiyoda savdoda turli davlatlar zarb qilgan tangalar ishlatilar edi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida G‘aznaviylar va Saljuqiylar tanglari ishlatilar edi. O‘zbekiston hududida X-XII asrlarda muomalada bo‘lgan tangalar asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalarni tashkil qiladi.

Mahmud G‘aznaviy Hindistondagi yurishi natijasida ko‘plab kumushlari zahiralaridan foydalanib tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniylarning Farg‘ona vodiysida XI asrlarda zarb qildirgan dirhamlari mis eritmalaridan so‘qilgan edi. G‘arbiy Qoraxoniylar davlati tomonidan Farg‘ona zabt etilgach, Ibrohim Tamg‘achxon tarkibida 20 % kumush bo‘lgan tangalarni zarb ettirdi. Ammo bu tangalarning sifati past edi. Shuning uchun bu tangalar xalqaro savdoga olib chiqilmagan.

G‘arbiy Qoraxoniylar tomonidan Movarounnahrda 1102 yilda Muhammad ibn Sulaymon Arslonxon taxtga kelgach, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand shaharlari zarbxonalarida o‘zining fulus tangalarini zarb ettirdi. Bu tangalarda sanalar to‘laligicha saqlanmagan (aniqrog‘i o‘chib ketgan). Hijriy 513-516 yillarda Buxoroda zarb etilgan tangalarda Muhammad ibn Sulaymon o‘z tangasining aversida “Al-Xoqon al-azam” ya’ni “Buyuk xoqon”, reversida esa “as Sulton al muazzam” so‘zlari yozilgan.

Samarqandda zarb qilingan tangalarida faqatgina “xoqon” so‘zlari bitilgan. Samarqandda 512 yilda zarb qilingan tangalarida “Sulton Muhammad al xoqon al adl ala ad davul” so‘zlari keltirilgan.

1178 yilda Ibrohim ibn Xusayn g‘arbiy Qoraxoniylar sulolasining bosh xoqoni etib tayinlanib Samarqand taxtiga o‘tirgach, hijriy 574 yildan boshlab o‘z nomi bilan tangalar zarb ettirdi. Tangalariga andoza sifatida hijriy 566 yilda halifa Mustad tangalaridagi bitiklarni biroz o‘zgartirgan holda o‘z unvonini “Al xoqon al adl al azam Ibrohim Arslonxon” tangasida zarb ettirdi.

586 yilda avvalgi zarb ettirgan tangalaridagi “Al xoqon al adl al azam nusrat ad dunyo va din Ibrohim kuch Arslonxon” unvonini o‘zgartirgan holda “Sultonlar sultoni buyuk va adl sulton” deb yangi tangalarini zarb ettirdi.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling