3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet21/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Xorazmshohlar tangalari. Xorazmda Anushtaginiylar sulolasi vakillari Muxammad ibn Takash davrida muntazam ravishda tangalar zarb qilingan. Sulton nafaqat Xorazmda balki Samarqand, Buxoro, O‘zgan, Marv shaharlarida, ham mis, kumush, va oltin tangalar zarb qildirgan. Xorazmshoh Muhammad ibn Takash zarb ettirgan tangalar Markaziy Osiyoning barcha hududlaridan topilgan.

Mo’g’ullar tomonidan zarb qilingan tangalar.Markaziy Osiyo XIII mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilindi. Mo‘g‘ullar Markaziy Osiyoni zabt etgach, ular savdo muomalasida oldingi sulolalar davrida zarb qilingan tangalardan foydalandi. Ammo tez orada Chingizxon hamda halifa Nosirning ismi yozilgan tangalar Samarqand va Buxoroda zarb qilina boshlandi. Har ikkala shaharda ham kumush dirhamlar, Samarqandda vaqti-vaqti bilan dinorlar zarb qilingan. Agar dinorlar keng muomala uchun zarb qilingan bo‘lsa, dirhamlar esa o‘sha tanga chiqarilgan viloyat aholisi uchun mo‘ljallangan edi. Bu hol o‘sha tangalarga bitilgan yozuvlardan ayon bo‘ladi. XIII asr oxirlarida Chig‘atoy ulusida yuqori sifatli kumush tangalar muntazam chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek qo‘yildi.

XIV asr boshlarida Chig‘atoy tanga turkumi shakllanib, u mo‘g‘ullar zarb etgan tangalardan tubdan farq qilgan. Tanganing old tomoniga islomiy e’tiqod ramzi va halifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ismlari keltirilgan. Tanganing reversida podsho, zarbxona nomi va sanasi tushirilgan. XIII-XIV asrdagi tanga yozuvlarida avvalgidek arab tili hukmronlik qilgan, ba’zan uyg‘ur yozuvdagi mo‘g‘ul matnlari berilgan. Samarqandning XIII asr dirhamlarida, forsiy va ba’zida turki matnlar arab yozuvida berilgan. XIII asr Buxoro tangalarining noyob nusxalarida xatto xitoy ierogliflari uchraydi, bu vaqtda Buxoro noibi xitoylik bo‘lgan.

Xulagular davlatida XIII asr oxirida pul islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra oltin va kumush tanga zarb etish va muomalada yuritish man qilingan. Uning o‘rniga “ChAO” – qog‘oz pul chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pul bir necha asr ya’ni VII asrdan buyon mavjud edi. Xulagularda savdo-sotiq to‘xtab qoldi, xo‘jalik faoliyati izdan chiqdi, natijada hukumat tez orada tanga zarb etishga majbur bo‘ldi. O‘ylamay o‘tkazilgan islohot inqirozga yuz tutdi.

1225 yili Samarqandda zarb qilingan dirhamlar diqqatga sazovordir. Mo‘g‘ullar istilosidan keyin dirhamlarda diniy mafkura ko‘rsatilmagan, gorizontal yozuvlar, hoshiyalar yo‘q edi. Tangalarning aversida “Samarqand” so‘zi bitilgan, yozuvlar to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga joylashtirilgan. Tanga zarb qilingan vaqti uch marta qayta yozilgan. Tanganing aversida va ikki tanga reversida zarb qilingan sana ko‘rsatilgan. Ammo yozuvlardan biri ajablanarlidir. Unda “Bu tanga Samarqand va uning viloyatlarida o‘tadi” deb yozilgan. Aholi kumush suvi yuritilgan mis dirhamlarni olishdan bosh tortar edilar. Shuning uchun ham Samarqandda tezlikda haqiqiy kumush tangalar zarb qilindi. Buxoroda ham ahvol shu tarzda edi. Movarounnahrning boshqa viloyatlarida mo‘g‘ullar hukmronligining birinchi o‘n yilligida umuman tangalar zarb qilinmadi. Bunday ahvol uzoqqa cho‘zilishi mumkin emas edi. Savdo-sotiq ishlari mo‘g‘ullar bosib olgan vaqtdagi darajaga еtmasada, muomala vositalariga muhtoj edi.

1252 yil Munkaxonning O‘rta Osiyodagi hukmronligi davrida xorazmlik savdogar Mahmud Yalovochning o‘g‘li Ma’sudbek Markaziy Osiyo hududida savdoni rivojlantirib, doimiy ravishda dinorlar zarb qilishni boshlab yubordi. Bu davrda dinorlar Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘tror, Damashq zarbxonalarida chiqarila boshlandi. Zarb qilingan dinorlarning 60 % ni sof oltin tashkil etardi. Ammo dinorlar turli kattaliklarda bo‘lgani uchun savdo vaqtida ularni kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri kelardi. Ma’sudbek o‘tkazgan pul islohoti o‘zini oqladi. Bu davrda oltin dinorlar bilan birga kumush dirham (kumush suvi yuritilgan mis dirham)larni zarb qilish ham yo‘lga qo‘yildi. Ularni Samarqand va Buxorodan tashqari Xo‘jand va O‘tror zarbxonalarida zarb etila boshlandi. Xalq Ma’sudbekning islohotiga ishonchsizlik bildirgan bir vaqtda, xalq manfaati va erkinligi uchun Ma’sudbek davlat muhosiblari va zarbxona ustalariga xalqni aldamaslik, ularni ishonchini oqlash, aks holda o‘lim jazosiga tortishni uqtirgan.

1282-1283 yillarda Buxoroda ham kumush tangalar zarb qilindi. Bir xil sifat va og‘irlikka (2 grammga yaqin) ega bo‘lgan dirhamlar va ular qaerda zarb qilinganligidan qat’iy nazar butun mamlakat hududida muomalada bo‘ldi. Zarbxonalar ishga tushirilib, ular soni 16 taga еtdi; Bular Buxoro, Andijon, Qog‘qar, Marg‘ilon, Taroz, Toshkent va h.k.

1317-1318 yili Chig‘atoy ulusida pul islohoti o‘tkazildi. 1321 yili mo‘g‘ul xoni Kebekxon o‘tkazgan pul islohoti savdoni rivojlantirish uchun yanada qulay imkoniyat yaratdi. Kebekxon davrida kumush suvi yuritilgan avvvalgi mis dirhamlarni ishlatish man qilinib, shu davrdan e’tiboran yagona namuna bo‘yicha, og‘irligi 1,4 grammga yaqin bo‘gan kumush dinorlar chiqarila boshlandi. Kebek nomi bilan zarb qilingan yangi katta dirhamlar Buxoro va Samarqandda zarb qilinib, uning qiymati 6 ta (bir kumush tanga 6 ta dirhamga to‘g‘ri kelardi) kichik dirhamga teng edi. Xulagular davlatidan Oltin O‘rdagacha bo‘lgan hudud yagona pul birligiga o‘tkazilib, og‘irligi 8 gr bo‘lgan katta kumush dirhamlar zarb etildi.

Mo‘g‘ullar davrida O‘rta Osiyoda zarb qilingan tangalarda hokimning ismi ko‘rsatilmagan bo‘lsada, Kebek va uning ukasi Tarmashirin davrida zarb qilingan tangalarda “Ulug‘larning ulug‘i adolatparvar xoqon (yoki sulton)” deb yoziladigan bo‘ldi. Mo‘g‘ullar istilosidan to Amir Temurning taxtga o‘tirishiga qadar o‘tgan yuz ellik yil davomida Markaziy Osiyoda zarb qilingan tangalarda umumiy yagona belgi mo‘g‘ullarning tamg‘asi bosildi.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling